REGRESSIYA

REGRESSIYA

REGRESSIYA (lot. regressio — qaytish, chekinish) (geologiyada) — dengizning chekinishi. Regressiya tektonik tebranma harakat, yaʼni quruklikning koʻtarilishi, okean tubining choʻkishi hamda iqlimning oʻzgarishi (qurishi) natijasida roʻy beradi. Regressiyada dengiz suvi chekinib, quruqlik maydoni kengayadi. Yotqizikdarning tagida mayda zarrali jinslar (giltosh, ohaktosh va b.,) yuqoriroq qismida yirik boʻlakli jinslar (gravelit, konglomerat va b.) joylashuvi shu hududda regressiv harakat yuz berganidan dalolat beradi. Regressiya bir necha marta qaytarilishi mumkin (yana q. Transgressiya).

Ensiklopediya.uz
REGRESSIYA