REGIONAL GEOGRAFIYA

REGIONAL GEOGRAFIYA

REGIONAL GEOGRAFIYA — geografiyaning alohida va muayyan hududlarni oʻrganadigan sohasi. Birorta materik, mamlakat, maʼmuriy birliklar yoki tabiiy geografik oʻlka, tabiat zonasi, rn uning tadqiqot obyekti boʻlishi mumkin. Regional geografiyaga oid asarlarda oʻrganilayotgan hududning tabiiy sharoiti, xoʻjaligi va aholisining mahalliy (shu joyga xos) xususiyatlarini ajratib koʻrsatishga alohida eʼtibor beriladi.

Ensiklopediya.uz
REGIONAL GEOGRAFIYA