REGENERATOR

REGENERATOR

REGENERATOR (lot. regenero — tiklayman) — issiqlik texnikasi d a — issiklik eltgich (bugʻ, gaz, suyuqlik) dan ajraladigan issiklikni regeneratsiya qilish (issikliqdan foydalanish) uchun moʻljallangan issiqlik yigʻgich (oʻtga chidamli pishiq gʻishtin terma) li bir yoki bir nechta kameradan iborat boʻladi. Pech yoki issiklik agregatidan chiqadigan «qaynoq» yoki pech yoki agregatga kiradigan «sovuq» issiklik eltgich issiklik yigʻgich elementni galmagal qamrab oʻtadi. «Kaynoq» issiklik eltgich issiklik yiggichni qizdiradi, «sovuq» issiqlik eltgich esa undan qiziydi. Issiklik eltgich uzluksiz kiradigan va davriy ravishda kiradigan Regeneratorlar bor. Uzluksiz Regeneratorda havo trasi 1000—1200° gacha qiziydi. Davriy Regeneratorda issiklik yiggich qoʻzgʻalmas boʻladi, «sovuq» issiqlik eltgich aylanib turuvchi havo patruboklarida 400° gacha qiziydi. Metall Regeneratorlar ham bor, lekin ular kamroq qoʻllanadi. Regenerator metallurgiya va shisha sanoatida, energetika va b. sohalarda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
REGENERATOR