REGATA

REGATA

REGATA (ital. regata — qator, saf) — eshkakli, yelkanli yoki motorli qayiqlarda turkum poygalardan iborat sport musobaqalari. Turli klass kemalari uchun turkum poygalar tashkil qilinadi (Mas, olimpiada yelkanli Regatasi — 7 ta poygadan iborat). Baʼzan suvmotorli sporti musobakalari ham Regata deb ataladi. Har bir kemaga poygani toʻgʻri tamomlaganligi uchun ochkolar beriladi. Poygada eng kam ochko tuplagan kema gʻolib hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
REGATA