REFLEKSLAR
REFLEKSLAR — organizmning markaziy nerv sistemasi orqali ichki yoki tashqi muhit omillari taʼsiridan retseptorlar qoʻzgʻalishiga javob reaksiyasi. Reflekslarning tuzilish mexanizmi reflektor yoydan iborat. Bunda retseptorlar taʼsirotni qabul qilib, sezuvchi (afferent) nervlarga, ular miya markaziga, markaziy nerv sistemasi qoʻzgʻalishi miyadan harakat organlariga uzatuvchi (efferent) nervlarga, ulardan effektorlar — muskullar, bezlar hamda ichki aʼzolarga oʻtkazadi. Reflekslar aʼzolar ishini va ularning oʻzaro taʼsirini tartibga keltirishda (q. Gomeostaz), organizm bir butunligini sak,lash hamda yashash sharoitiga moslanishda katta ahamiyatga ega.
Ensiklopediya.uz
REFLEKSLAR