Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida

Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida

Sondraga bo‘lgan muhabbati tufayli Klaydga, gazetadagi maqola orqali qotillik g‘oyasi keladi, lekin. U jinoyat qilishni xohlaydimi yoki yo‘qmi? Buni na u, na boshqalar va na kitobxon roman oxirigacha tushunmaydi, toki qatl qilinish uchun ketayotgan Klayd yoniga kelgan rohib Mak-Millan va’zida dahshatli hikoyaga yakuniy nuqtani qo‘ymagunicha. Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, yigit qotillikni avvalo o‘z yuragida sodir etib bo‘lgani uchun ham aybdor edi.

Amerika fojiasi

Teodor Drayzerning e’tiboringizga havola etilayotgan ikki qismdan iborat yirik «Amerika fojiasi» romani hamisha butun dunyoni o‘z g‘oyalari atrofida birlashtirishga uringan gigant davlat – Amerikada o‘sha vaqtlarda yuz bergan voqelikni keng qamrab olganligi, voqealarning izchilligi bilan hamisha kitobxonlar e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan.

2 O’qimoqchi
0 o’qiyapti

  • Annotatsiya
  • Qisqa ma`lumot
  • Taqrizlar (0)
  • Iqtiboslar (0)

Asarning bosh qahramoni Klayd Grifite kambag‘al oilada tug‘ilib-o‘sgan yigit. Uning boylik orttirish yo‘lida qil­gan nojo‘ya xatti-harakatlari, bu yo‘lda hech qanday qing‘ir ishlardan qaytmasligi va uni shunday ishlarni qilishga qo‘yib bergan tabiati – yuzcizligi, shafqatsizligi kabilar bir qahramon timsoli orqali o‘sha davr Amerika muhiti haqida o‘quvchida yaxlit tasavvur paydo qiladi.

Kitob nomi: Amerika fojiasi
Kitobning asl nomi: An American Tragedy
Nashr qilingan til: O’zbekcha
Kitobning asl tili: Ingilizcha
Formati: Qattiq/544
ISBN: 978-9943-22-195-6
Nashr yili: 2018
Nashriyotchi: O’qituvchi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo’shish

Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida

“Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” romani haqida hikoya qiladi.

Fleshbek

Insoniyat tarixidagi eng buyuk asarlardan biri bo‘lmish “Amerika fojiasi” asarini bolalik va talabalik davrlarimda o‘qib chiqqan edim. Ikkalasida ham umuman boshqacha tushunchalar qamrab olgan meni. Bolalikda o‘qigan paytim xuddiki bir qiziqarli ertak haqida o‘qiganday bo‘lsam, ulg‘ayib talaba bo‘lgach, bu asarda inson hayoti, “Amerika orzusi” kabi tushunchalar qanchalik ustalik bilan yoritib berilganiga guvoh bo‘ldim. Men bu asarni kelajakda yoshim yanayam ulg‘aygach, albatta yana bir marta o‘qib chiqishni xohlayman. Chunki ko‘pchilik asarlarni har xil yoshda o‘qib ko‘rib undan, oldin sezmagan, oldin aqling yetmagan ko‘p narsalarni topib olish mumkin va asarning butun jozibasini his qilish mumkin. Aynan shu asar ham mana shunday kitoblar ro‘yxatiga kiradi deb bilaman.

Roman haqida

Mashhur amerikalik yozuvchi Teodor Drayzer qalamiga mansub “Amerika fojiasi” romani 1925-yilda nashr etilgan. Bu roman asar chiqishidan 19 yil oldin sodir bo‘lgan Chester Gilletning sevgilisi Greys Braun qotiliga aylangani haqidagi real voqeaga asoslangan. Mafkuraviy nuqtai nazardan “Amerika fojiasi” XX asr boshlarida AQShda nashr etilgan yengil-yelpi, mamlakat aholisiga mashhur “amerikacha orzusi”ni amalga oshirish usullarini ertakona qilib uqtirgan romanlarga badiiy javob edi. “Bir yigit badavlat oiladan bo‘lgan qiz bilan sevishib, unga uylanadi va jamiyatda yuqori mavqeni egallaydi” kabi

Foto: Google Photos

oldi-qochdi syujetlarga to‘lib ketgan Amerika ommaviy adabiyotiga Drayzer realizm janridagi romani orqali zarba berib, u syujetlar oddiy Amerika voqeliklariga nomuvofiqligini ushbu asari bilan ochib bergan edi (e’tibor bersangiz, hozir o‘sha oldi-qochdi bachkana syujetlar bizning zamonaviy adabiyot va ayniqsa kinoda o‘z aksini topmoqda).

Syujet

Kanzas-Siti, yozning issiq oqshomi. Ota-ona va to‘rt bola ko‘chalarda diniy qo‘shiqlar kuylaydi va odamlarga diniy mazmundagi risolalarni tarqatadi. Katta yoshdagi bola Klayd, u majburan bajarayotgan bu ishlarni yoqtirmaydi, ammo ota-onasi astoydil harakat qilishar, ularni xayolida bu ularga faqat ma’naviy qoniqish olib kelardi. Bu oiladagi ota – Eys Griffits juda lapashang edi, oilasi esa zo‘rg‘a kun ko‘rar edi.

Yosh Klayd Griffits bu zerikarli kichkina dunyodan qochishga intiladi. U dorixonada sotuvchining yordamchisi bo‘lib, keyin esa Green Davidson mehmonxonasida xabarchi sifatida ishlaydi. Mehmonxonada ishlash hech qanday maxsus ko‘nikmalarni talab qilmaydigan, ammo yaxshigina choychaqa olib keladigan ish edi. Bu esa Klaydga oilaviy budjetga hissa qo‘shibgina qolmay, o‘zi uchun yaxshi kiyimlar sotib olishga, ya’ni o‘zi uchun ham pul jamg‘arishga imkon beradi.

Hamkasblari Klaydni yaxshi qabul qiladi. U uchun quvnoq hayot boshlanadi. Tez orada Klayd Gortenziya Brigs ismli chiroyli sotuvchi ayol bilan tanishadi. Bu ayol aslida moddiy manfaat uchungina yosh Klaydning boshini alantirib yuradi. Gortenziya 115 dollar turadigan urfga kirgan ko‘ylak kiyishni xohlaydi. Klayd uning xohishiga qarshi turishi juda qiyin edi.

Ko‘p o‘tmay, Klayd do‘stlari bilan hashamatli Packard mashinasida safarga chiqadi. Ushbu avtomobilni Klaydning do‘stlaridan biri Sparser otasi xizmat qiladigan boy odamning garajidan ruxsatisiz olib ketgan edi. Kanzas-Sitiga qaytayotganlarida ob-havo yomonlasha boshlaydi, qor yog‘adi va juda sekin yurishga to‘g‘ri keladi. Klayd va o‘rtoqlari mehmonxonadagi ishlariga kech qolayotgan edi. Shu sababli Sparserdan tezlikni oshirishni iltimos qilishadi. U shunday qiladi va yo‘ldan chiqib qolgan qizchani urib yuboradi. Keyin politsiyachilardan qochayotib boshqaruvni yo‘qotadi. Haydovchi va qizlardan biri pachoqlangan mashinada hushidan ketib qolib ketadi, qolganlar esa voqea joyidan qochadi.

Ertasi kuni gazetalar voqea haqida xabar tarqatadi. Mashinada urib yuborilgan qiz vafot etgach, hibsga olingan Sparser boshqa barcha ishtirokchilarining ismlarini oshkor qiladi. Hibsga olinishdan qo‘rqib, Klayd va guruhning boshqa a’zolari Kanzas-Siti shahrini tark etadi. Uch yil davomida Klayd uydan uzoqda soxta nom bilan yashaydi, iflos va og‘ir ishlarni qiladi va buning uchun arzimagan pul oladi. Ammo kunlardan bir kuni Chikagoda o‘sha mash’um avtohalokatda u bilan birga bo‘lgan do‘sti Retererni uchratadi. Reterer uni Union klubiga xabarchi sifatida ishga taklif qiladi. Yigirma yoshli Klayd yangi hayotidan juda mamnun.

Kunlarning birida klubda Nyu-York shtatining Likurg shahrida yashaydigan va ko‘ylak yoqalari ishlab chiqaradigan zavodga egalik qiladigan amakisi Samuel Griffits paydo bo‘ladi. Qarindoshlar uchrashuvining natijasida amakisi unga oltin tog‘larni va’da qilmasa-da, fabrikadan ish joy va’da qiladi. Klayd uchun badavlat qarindoshlar bilan aloqalar Union klubida ishlashdan ko‘ra istiqbolli ko‘rinadi, garchi u bu yerda yaxshi pul topayotgan bo‘lsa ham.

Samuelning o‘g‘li Gilbert amakivachchasini uncha hushlamay kutib oladi. Klaydning foydali bilim va ko‘nikmalarga ega emasligiga ishonch hosil qilib, uni yerto‘lada joylashgan ustaxonaga juda og‘ir va kam maoshli ishga tayinlaydi. Klayd arzon yotoqxonadan xona ijaraga oladi va ertami-kechmi muvaffaqiyat qozonishiga umid qilib, ishni boshlaydi.

Oradan bir oy o‘tadi. Klayd doimo unga yuklangan barcha narsani sidqidildan bajaradi. Samuel o‘g‘lidan Klayd haqida fikri qanday ekanligiga qiziqib ko‘radi. Ammo Gilbert kambag‘al qarindoshi paydo bo‘lishi yoqmagani ortidan otasiga Klayd hech qanday ma’lumotga ega emasligi, juda lapashang ekanini aytadi. Biroq Samuelga Klayd yoqar va u jiyaniga o‘zini ko‘rsatishga imkoniyat berishga tayyor edi. Gilbertning xohishiga qarshi o‘laroq, Klayd uyga oilaviy tushlik uchun taklif qilinadi. Bu yerda u nafaqat qarindoshining oilasi bilan, balki Likurg shahrining maftunkor vakilalari – yosh Bertina Krenston va Sondra Finchli bilan ham uchrashadi, ularga chiroyli va tarbiyali bu yigitcha juda yoqib qoladi.

Nihoyat, otasining talabiga binoan Gilbert Klayd uchun yengilroq va obro‘li ishni topadi, u endi hisobchi edi. Biroq Gilbert uni “ayol ishchilar bilan munosabatlarda odob-axloq qoidalariga rioya qilish” kerakligi haqida ogohlantiradi. Klayd ish beruvchilarining barcha qoidalarini sodiqlik bilan bajarishga tayyor bo‘lib, ba’zi qizlarning u bilan munosabatlar o‘rnatishga urinishlariga qaramay, ularning noz-karashmalariga e’tibor bermaydi.

Ko‘p o‘tmay fabrika ko‘ylak yoqasi uchun qo‘shimcha buyurtma oladi va bu, o‘z navbatida, korxonada shtat kengayishini talab qiladi. Zavodga Roberta ismli yosh qiz keladi. Robertaga Klaydning barnoligiga qarshi turish oson emas edi. Ular uchrasha boshlaydi, Klaydning sevgisi tobora kuchayib boradi va qat’iy qoidalar ostida tarbiya ko‘rgan qiz Roberta ham chegaralarni unutib boradi.

Ayni paytda, Klayd Sondra Finchli bilan yana uchrashadi va bu uchrashuv uning hayotini tubdan o‘zgartiradi. Boy merosxo‘r, mahalliy aristokratiyaning vakili Sondra bu yigitga samimiy qiziqish ko‘rsatib, uni Likurgning boy yoshlari to‘planadigan raqslar kechasiga taklif qiladi. Yangi tajribalar to‘qnashuvi ostida Klaydning ko‘zi oldidan kambag‘al va jozibali Roberta yo‘qolib boradi. Qiz Klayd endi unga e’tibor bermayotganini his qiladi, sevgisini yo‘qotishdan qo‘rqadi va bir kuni vasvasaga berilib, o‘zini va bokiraligini Klaydga topshiradi.

Ammo Sondra Finchli Klaydning hayotidan g‘oyib bo‘lmaydi. Aksincha, u Klaydni o‘z davrasi bilan tanishtiradi va jozibali istiqbollar uning boshini aylantiradi. Bu Roberta e’tiboridan chetda qolmaydi va u hasad va rashkning og‘ir azoblarini boshidan kechiradi. Buning ustiga, u homilador ekani ma’lum bo‘ladi. Roberta buni Klaydga aytadi va u vaziyatdan chiqish yo‘lini topishga harakat qiladi. Ammo dorilar kerakli natija bermaydi, ular qiyinchilik bilan topgan shifokor esa abort qilishni qat’iyan rad etadi.

Vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li Robertaga uylanish edi. Lekin bu yo‘l Klaydga yoqmaydi. Chunki bu yo‘l Sondra bilan boy va yorqin kelajak haqidagi orzulari bilan xayrlashish kerakligini anglatar edi. Roberta umidsiz edi. U Klaydning amakisiga nima bo‘lganini aytib berishga ham tayyor edi. Bu Klayd faoliyatining yakunini va Sondra bilan ishqiy munosabatlariga chek qo‘yilishini anglatar edi. Klayd Robertaga shifokor topishga va agar u ikki hafta ichida topolmasa, unga uylanishga hamda Roberta ish boshlaguniga qadar birmuncha vaqt davomida uni qo‘llab-quvvatlashga va’da beradi.

Biroq keyin Klaydning ko‘zi Pass daryosidagi fojia haqida yozilgan gazetaga tushib qoladi. Unda yozilishicha, “Bir erkak va bir ayol daryoda sayr qilish uchun ijaraga qayiq olgan, lekin ertasi kuni qayiq ag‘darilgan holda topilgan, undan ayolning jasadini topishgan, erkakni topishning iloji bo‘lmagan”. Bu voqea unda juda katta taassurot qoldiradi, ayniqsa ota-onasinikiga ketgan Robertadan boshqa kutishni xohlamasligi va Likurgga qaytib, hamma narsani Samuel Griffitsga aytib berish haqida xat olgach. Klayd vaqti oz qolganligini va tezroq qandaydir qaror qabul qilishi kerakligini tushunadi.

Klayd Robertani ko‘lga sayohatga taklif qiladi va unga uylanishga va’da beradi. Shunday qilib, dahshatli qaror qabul qilinganga o‘xshaydi, lekin uning o‘zi rejalarini amalga oshirish uchun kuch topishiga ishonmaydi. Xayolda va hayotda qotillik qilish boshqa-boshqa narsalar edi.

Mana Klayd va Roberta ko‘lda suzmoqda. Klaydning o‘ychan va burushgan nigohi Robertani qo‘rqitadi va unga yaqinlashib nima bo‘lganini so‘ramoqchi bo‘lganida uni fotokamera bilan uradi, qiz muvozanatni yo‘qotib yiqilib tushadi. Qayiq ag‘dariladi, uning bir tomoni Robertaning boshiga uriladi. U Klayddan qutqarishini so‘rab yolvoradi, lekin u yordam bermaydi. Uning bir necha bor o‘ylagan rejasi amalga oshgan edi. U qirg‘oqqa Robertasiz yolg‘iz o‘zi qaytadi.

Ag‘darilgan qayiq va Robertaning jasadi tezda topiladi. Tergovchi Xeyt va prokuror Meyson ishtiyoq bilan ish boshlaydi va tez orada Klaydning iziga chiqadi. Dastlab u tan olmaydi, ammo tajribali prokuror uchun uni burchakka siqish qiyin emas edi. Klaydd hibsga olinadi – endi uning taqdirini sud hal qiladi.

Albatta, Samuel Griffits sodir bo‘lgan voqeadan hayratda qoladi, biroq u yaxshi advokatlarni yollaydi. Ular imkon qadar bor kuchlarini sarflaydi, ammo Meyson o‘z ishini yaxshi bilar edi. Uzoq va shiddatli sud jarayoni Klayd o‘lim jazosiga hukm etilishi bilan yakunlanadi. Boy qarindoshlari Klaydga yordam berishni to‘xtatadi va faqat onasigina unga biron yordam qilish uchun besamar yelib-yuguradi.

Klayd “O‘lim uyi” deb nomlangan Obern qamoqxonasiga ko‘chiriladi. O‘g‘lining hayoti uchun kurashni davom ettirish maqsadida onaning pul topishga bo‘lgan umidsiz urinishlari muvaffaqiyat keltirmaydi. Jamiyat esa bir zamonlar ular bilan birga bo‘lishga, ular kabi yashashni xohlagan, bugun esa mahkumga aylangan Klaydga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi. Endi hech narsa davlat o‘lim mashinasi bo‘lmish elektr stuli tomonidan ishni yakunlashga to‘sqinlik qila olmaydi.

Tahlil

Roman bosh qahramoni – Klayd Griffits – “hayotga amerikacha nuqtai nazar bilan qaraydigan tipik yosh amerikalik” edi. Bolaligidan u moddiy qadriyatlarni ma’naviy qadriyatlardan yuqori qo‘ygan ko‘plab vatandoshlariga to‘liq o‘xshashga va ularning standartlariga intildi. Green Davidson mehmonxonasida xabarchi bo‘lib ishlash juda dindor, va’zgo‘y oilada o‘sgan yigit uchun yangi, jozibali dunyo kabi ko‘rindi. Bu yerda katta daromad va ota-onasining muayyan faoliyati tufayli bolalikda topa olmaslikdan qo‘rqqan haqiqiy do‘stlar topdi. U bilan vaqt o‘tkazishga rozi bo‘lgan chiroyli qizlar bor. Bunda u uchun avvalgi turmush tarziga ko‘ra ijtimoiy axloq yo‘l qo‘ymaydigan – restoranlarda ziyofat qilish va ishratxonalarga tashrif buyurish kabi ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalar ochildi. Klayd haqiqiy hayot bilan to‘qnashishi bilan uni ortidan keladigan qiyinchiliklarga qarshi tura olmaydi: yo‘lda qizning o‘limida tasodifiy jinoyatchiga aylanganidan so‘ng o‘n yetti yoshli yigit hamma narsani tashlab, Kanzas-Siti shahridan qochib ketadi. Asarning birinchi qismida muallif o‘quvchini bosh qahramon xarakterining asoslari bilan tanishtiradi. Bunda pulni va o‘yin-kulgini sevuvchi, ayollarga suyagi yo‘q, real hayot haqida umuman tushunchaga ega bo‘lmagan yosh yigitcha tasvirlangan edi.

“Amerika fojiasi”ning ikkinchi qismi yigitning amakisi boy sanoatchi Samuel Griffitsga tegishli bo‘lgan fabrikaning oddiy ishchisi Klayd Griffits va Roberta Olden o‘rtasidagi munosabatlar voqeasini hikoya qiladi. Uchinchi qism – bu asarning yuridik qismi bo‘lib, ikkinchisining uzviy davomi – bunda jinoyat chuqur tahlil qilinadi, sud bo‘lib o‘tadi, va hukm o‘qilganidan keyingi Klayd ongidagi ma’naviy o‘zgarishlarni ko‘rsatib beradi.

Foto: Google Photos

Bosh qahramonning fojiaga olib kelgan asosiy kamchiligi, uning advokatlari Belnep va Jeffson tomonidan sudga olib chiqilgan edi. Advokatlar o‘zlarining himoyasini, mijozining “aqliy va ma’naviy qo‘rqoq” ekani atrofiga quradi. Kitobda bu haqda to‘g‘ridan to‘g‘ri aytilmagan, ammo o‘quvchining o‘zi o‘ylab ko‘rsa, agar Klayd biroz aqlli, mas’uliyatli va jasoratli yigit bo‘lganida, u o‘zini burchakka taqab qo‘ymas edi: Roberta bilan munosabatlarni chuqurlashtirishdan avval o‘ylab ko‘rishi, qizning ertangi taqdiri uchun javobgarlik hissi borligini sezishi kerak edi.

Klayd bilan sodir bo‘lgan fojia tasodifiy va muqarrar bo‘lgan bir qator omillarga asoslangan. Buning ostida uning bolalikda qattiqqo‘l ota-ona tarbiyasini olgani, sodda va orzularga beriluvchan yoshda ekani, boy oilaning kambag‘al a’zosi ekani, yuqori jamiyat tomonidan rad etilgan va ular bilan aloqa qila olmagani sabablari yotadi. Klayd Robertani chindan sevarmidi? Yoki ichki yolg‘izligi sabab va Kanzas-Siti shahrida jozibali Gortenziya Brigs tomonidan uyg‘otilgan ayol bilan jismoniy yaqinlikka bo‘lgan ehtiyoj tufayli yoqtirarmidi? O‘ylaymanki, u Robertani rostdan ham yoqtirar edi, lekin boy qarindoshining ishonchini yo‘qotish, chiroyli va boy Sondra Finchli bilan xayrlashish qo‘rquvi uning muhabbatini qabohatga aylantirdi. Kambag‘al va o‘ziga ishonchi yo‘q yigit boy oiladan chiqqan qiz bilan uchrashib, uning qo‘li va yuragiga ega chiqishiga ishonish mumkinligini anglab yetgach, oddiy ishchi qizga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ldi.

Qat’iy axloqiy qadriyatlariga muvofiq tarbiyalangan Roberta ham, mehribon yuragiga qaramay, uning boshiga tushgan baxtsizliklar oldida o‘jar va shafqatsiz bo‘lib qoladi. Agar u yanada moslashuvchan bo‘lganida, Klaydsiz farzand ko‘rish va undan pul olish haqidagi taklifiga rozi bo‘lganida, yoki unga boshqa yo‘llar orqali ta’sir o‘tkazishga harakat qilganida, balki bu fojialar ro‘y bermasmidi? Roberta Oldenning fojiasi shundaki, u ota-onasi va jamiyat oldida juda katta qo‘rquvni his qiladi va gunohini tan olishdan qo‘rqadi. Jamiyatning, odamlarning fikri uni qo‘rqitdi, shaxsiy hayotini jamiyat boshqaruviga topshirgan holda, jamiyat uchun oppoq ko‘rinish maqsadida undan voz kechishga tayyor turgan yaramas insonning ortidan qolmadi.

Sondraga bo‘lgan muhabbati tufayli Klaydga, gazetadagi maqola orqali qotillik g‘oyasi keladi, lekin. U jinoyat qilishni xohlaydimi yoki yo‘qmi? Buni na u, na boshqalar va na kitobxon roman oxirigacha tushunmaydi, toki qatl qilinish uchun ketayotgan Klayd yoniga kelgan rohib Mak-Millan va’zida dahshatli hikoyaga yakuniy nuqtani qo‘ymagunicha. Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, yigit qotillikni avvalo o‘z yuragida sodir etib bo‘lgani uchun ham aybdor edi.

Klaydning ichki kechinmalari bir qator faktlardan boshqa narsa emas: u Robertadan qutulmoqchi edi, uning fikricha, boy va baxtli yashashi uchun bundan boshqa yo‘l yo‘qligidan g‘azab va nafrat tufayli qizni urdi; qizni cho‘kib ketishdan qutqarmadi, chunki u buni butun umr orzu qilgan ishlarga yetkazadigan yagona tez yo‘l deb bildi.

Qatl qilinishidan oldin “Amerika fojiasi” qahramoni qo‘rquv va yolg‘izlik ta’sirida ruhiy inqilobni boshdan kechiradi, bu o‘sha mash’um ko‘lda sodir bo‘lgan voqeani haqqoniy aytib berishga imkon beradi. Drayzer o‘z romanida nafaqat jinoyatchining va o‘limga hukm qilingan shaxsning ichki his-tuyg‘ularini ochib bergan mukammal psixolog, balki Amerika jamiyatining tuzilishini – uning eng yuqori pog‘onasidagi muhtojlik nimaligini bilmagan boylar va butun umr muhtoj yashaydigan kambag‘al qatlamning uzviy bog‘liq hayotini, hamma narsa, hattoki sud tizimi ham o‘zaro manfaat uchun qurilgan toza kapitalistik jamiyatni tasvirlab bergan ajoyib rassom ham edi (asardagi prokuror ham sudya rutbasiga erishish uchungina ishni tezroq ochishga harakat qiladi, haqiqatni yuzaga chiqarish ikkinchi o‘rinda edi. Kecha bizda xokimlar, prezident aytgani uchungina va o‘z o‘rnini saqlab qolish uchungina xalqdan uzr so‘raganlari kabi).

Xulosa

“Amerikacha orzu” har doim ham muvaffaqiyat hikoyasi emas. Ba’zan bu tush fojia bilan tugashi ham mumkin. Asarda muvaffaqiyat, yaxshi ish, pul, boy xotin qanday qilib qahramonni jinoyatga va qatlga olib borishi yoritilgan. Muallif o‘sha davr Amerika dunyosini boricha, hech qanday romantikasiz ko‘rsatib bergan. Asardagi qahramonlar xarakterining mohirona ochib berilishi ham bu qahramonlar taqdiri qanday rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Masalan, Roberta; albatta, har qanday odam bu qizga achinadi, lekin, shu bilan birga, tushunasizki, uning o‘zi oqibatlari haqida o‘ylamasdan “amerikacha orzu”ga erishmoqchi edi. Muallif Klayd kabi yigitlarni shunchalik mohirona tasvirlaganki, yoqmasa-da, uning xatti-harakatlari o‘quvchiga tushunarli.

XX asr boshlarida yashagan, hech qanday qobiliyatga ega bo‘lmagan oddiy amerikalik yigitcha go‘yo go‘zal hayot haqidagi orzusini ro‘yobga chiqarish uchun faqatgina intilish va omad kerak deb hisoblar edi. Ammo bu maqsadlarga erishishda insoniylik, vijdon, iroda, axloq, odob kabi tushunchalarni kerakmas deb bildi. U bolaligidanoq bu xayollarni mahkam ushlagan edi. Ushbu xayolotlar asta-sekin, lekin doimiy ravishda butun jamiyat tomonidan ilhomlantirildi. Xayolot odamni o‘zini anglashdan uzoqlashtiradi va jar yoqasiga olib keladi. Kuchli irodaga ega bo‘lmagan, ehtiros va xayollar bo‘roniga bo‘ysungan Klayd Griffits aslida “amerikacha orzu”ni amalga oshirish o‘rniga yolg‘izlik, tahqirlanish, nafrat va qotillik iskanjasida qoladi.

Romanda hamma narsa amerikaliklarga xos. Ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlar, dinga bo‘lgan munosabat, iqtisodiyotga, ishga, siyosiylashtirilgan sud jarayonlari va albatta “amerikacha orzu”. Jamiyatni boy bo‘lish, har qanday holatda ham oson hayot kechirish uchun o‘zlarining “oftob tagidagi joy”ini olish istagigina boshqaruvchi o‘sha davr Amerikasining tasviri asarda moxirona o‘z ifodasini topgan. O‘quvchida roman qahramoni Klayd Griffitsga bo‘lgan munosabat kitob davomida bir necha bor o‘zgaradi. Avvaliga yoqimtoy va kulgili yigitcha bo‘lib ko‘ringan Klaydga asar o‘rtasida nafratingiz qo‘zg‘asa, asar so‘ngida balki rahmingiz kelishi ham mumkin.

Iqtiboslar

Baxt uni kutadigan kishilarga keladi;

Ha, albatta, lekin qara, umringni kutish xonasida o‘tkazib yuborma;

U dunyoga kelib, yashab, hayotda hech narsani tushunmasdan o‘layotgan ko‘plab odamlardan biri edi;

Ular paydo bo‘lib, boshi oqqan tarafga ketib, qorong‘ilikka g‘oyib bo‘ladi;

Odamlar chiroyli ko‘rinishdan ham ko‘ra ko‘proq pulni yaxshi ko‘radi;

Agar biz odamlar qonunni hurmat qilishlarini istasak, buning uchun qonun asosida qabul qilingan qarorlarni, qonuniy asoslarsiz o‘zgartirmasligimiz lozim;

Bilasizmi, yuristlarda “O‘z aybsizligini anglash, odamga xotirjamlik beradi” degan qadimgi maqol bor.

Qiziqarli faktlar

– Teodor Drayzerning akasi Pol Dresser Amerikada XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi mashhur qo‘shiqlarning muallifi edi;

– “Amerika fojiasi” asari asosida suratga olingan “Oftob ostidagi joy” filmi oltita Oskar va Oltin globus mukofotlarini qo‘lga kiritgan;

– Teodor Drayzer 1930-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlar qatoriga kiritilgan edi;

– Sotsionika psixologik nazariyasi “Drayzer” deb nomlanuvchi tur bo‘lib, bu nom introvert insonlar kategoriyasiga nisbatan ishlatiladi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Amerika fojiasi audio kitob

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Amerika fojiasi 1-qism

Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!

Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar

Teodor Drayzerning e’tiboringizga havola etilayotgan ikki qismdan iborat yirik «Amerika fojiasi» romani hamisha butun dunyoni o‘z g‘oyalari atrofida birlashtirishga uringan gigant davlat – Amerikada o‘sha vaqtlarda yuz bergan voqelikni keng qamrab olganligi, voqealarning izchilligi bilan hamisha kitobxonlar e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan. Asarning bosh qahramoni Klayd Grifits kambag‘al oilada tug‘ilib-o‘sgan yigit. Uning boylik orttirish yo‘lida qil-gan nojo‘ya xatti-harakatlari, bu yo‘lda hech qanday qing‘ir ishlardan qaytmasligi va uni shunday ishlarni qilishga qo‘yib bergan tabiati – yuzsizligi, shafqatsizligi kabilar bir qahramon timsoli orqali o‘sha davr Amerika muhiti haqida o‘quvchida yaxlit tasavvur paydo qiladi.

I BOB
Yoz oqshomi, g‘ira-shira payt. Aholisi to‘rt yuz ming kishidan kam bo‘lmagan Amerika shahrining savdo markazi, baland imoratlar, devorlar. Shunaqa shaharlar bo‘lganiga odamlar bir kunmas bir kun ajablansalar ham kerak. Endilikda tinchib qolgan katta ko‘chada olti kishilik guruh kelardi. Yoshi elliklarga borgan pakanagina, baqaloq, qalin sochlari dumaloq qora namat shlyapasining tagidan chiqib turgan, juda ko‘rimsiz erkak kishi; elkasidan oshirib taqilgan kamarida odatda daydi va’zxonlar va ashulachilar olib yuradigan mo‘’jazgina organcha. Erkakning yonida undan besh yoshlar kichik ayol ko‘rinar, u unchalik semiz bo‘lmasa ham miqtidan kelgan, juda odmi kiyingan, ko‘rinishi xunuk, biroq badbashara emasdi. U etti yoshlardagi o‘g‘il bolani etaklab, Injil bilan oyatnoma kitobchalarni ko‘tarib olgandi. Bulardan sal keyinroqda o‘n beshga kirgan qiz, o‘n ikkiga borgan o‘g‘il bola va to‘qqiz yashar yana bir qizcha kelardi. Ularning hammalari kattalarga itoatkorona, biroq chamasi, o‘lganlarining kunidan ergashishgandi. Kun issiq bo‘lsa ham uning bo‘shashtirishi odamga xush kelardi. Haligi kishilar guruhi borayotgan katta ko‘chani daraga o‘xshagan boshqa bir ko‘cha shart kesib o‘tgandi. O‘sha ko‘chadan odamlar to‘dasi, umumiy ha rakatning jo‘shqin oqimidan qo‘ng‘iroqlarini tinimsiz chalganlaricha o‘zlariga yo‘l ochishayotgan mashina va tramvaylar o‘tib turishardi. Kichkinagina guruh esa bularning bariga beparvo ko‘rinsa ham ro‘paradan bostirib kelayotgan mashinalar va piyodalar oqimi orasidan o‘tib ketishga urinardi, xolos. Ular muyilishga, to‘g‘rirog‘i, baland, ammo hozirda hayot asari ko‘rinmaydigan imoratlar orasidagi torgina yo‘lka kesib o‘tgan joyga etishganidan keyin erkak elkasidan organchani olib, erga qo‘ydi, ayol esa uni darhol ochib, pyupitrni ko‘tardi-da, katta bo‘lsa ham yupqaroq oyatlar kitobini ochdi. Keyin Injilni erkakka tutqizib, yonida turdi, kattaroq o‘g‘il bola bo‘lsa organcha oldiga yig‘ma stul qo‘ydi. Oila boshlig‘i bo‘lgan erkak kishi yon-veriga yasama ishonch bilan ko‘z yugurtirdi-da, tinglovchilari bor-yo‘qligidan sira g‘am emaganday e’lon qildi: – Avvaliga hamd-u sanoni aytamiz, xudoni alqashni istagan har bir odam bizga jo‘r bo‘la oladi. Ester, qani bizga chalib ber-chi! Qizlarning tikrog‘i, garchi hali to‘la balog‘atga etmagan bo‘lsa ham qomati kelishgani, shu choqqacha o‘zini iloji boricha bularga befarq va begona ko‘rsatishga harakat qilardi. Endi esa u yig‘ma stulda o‘tirib, organcha qulog‘ini burab, oyatlar kitobini varaqlashga tushgandi. Onasi shunda nihoyat: – «Iso ishqining malhami naqadar totli», degan yigirma ettinchi oyatdan boshlasak, – deb qoldi.

Qiziqarli malumotlar
Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida