Raxit kasalligi xaqida nimalarni bilasiz haqida to’liq ma’lumot oling

Raxit kasalligi xaqida nimalarni bilasiz haqida to’liq ma’lumot oling

Raxit kasalligi xaqida nimalarni bilasiz ❓

⭕️Raxit — D vitamini yetishmovchiligi va organizmdagi mineral almashinuvining buzilishi bilan bog’liq kasallikdir.

👶🏻 Raxitdan ko’pincha bir yoshgacha bo’lgan bolalar aziyat chekadi va kasallar orasida eng ko’p uchraydigan toifa muddatidan oldin tug’ilgan va sun’iy ozuqalar bilan oziqlantiriladigan chaqaloqlardir.

👉🏻Ma’lumki, suyakni to’laqonli shakllanishi uchun fosfor, kaltsiy va ichakda ularni to’g’ri so’rilishi uchun vitamin D kerak.

Ushbu komponentlar bolaning organizmiga oziq-ovqat bilan birga tushadi (ona suti, tuxum, baliq, sabzavotlar, va hokazo),

☀️Vitamin D esa shuningdek quyosh nuri ta’sirida teri ostida ham ishlab chiqariladi.

👶🏻Yangi tug’ilgan chaqaloqlar hayotga kaltsiy, fosfor va vitamin D zaxirasi bilan birga keladi (bu moddalar bolaning ona qornidagi hayotining so’nggi haftalarda faol to’plana boshlaydi, albatta agar ona to’g’ri va muntazam ovqatlansa va quyosh ostida yursa), shuning uchun bola hayotining 1-2 oyida suyaklar normal rivojlanadi.

👶🏻👉🏻Keyinchalik bola tez o’sib-rivojlanishi va zaxiralarning tugashi natijasida bolalar tanasi ko’proq «qurilish» materialiga muhtoj bo’ladi.

‼️ Agar bu ehtiyoj qondirilmasa, kaltsiy va fosfor bola suyaklaridan yuvila boshlaydi.

Malumotlar
Raxit kasalligi xaqida nimalarni bilasiz