RAVSHANOV Mansur Temirovich
RAVSHANOV Mansur Temirovich (1937.4.7, Qarshi) — aktyor, rej., Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1961). Surxondaryo teatrida avval aktyor, keyinchalik rej., bosh rej. (1963—74, 1975-y. dan), 1974—75 y. lar Qashqadaryo teatrida bosh rej. «Alpomish» (S. Abdulla; T. Jalilov), «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi», «Jononga bordim bir kecha» (Hamza), «Alisher Navoiy» (I. Sulton, Uygʻun), «Parvona» (Uygʻun), «Nurxon» (K. Yashin), «Ajab savdolar» (H. Gʻulom; M. Leviyev), «Kelinlar qoʻzgʻoloni» (S. Ahmad), «Oʻz arizasiga koʻra» (Oʻ. Umarbekov), «Makr va muhabbat» (F. Shiller), «Momo yer», «Oq kema» (Ch. Aytmatov), «Kelin va kuyov» (M. Bayjiyev), «Amir Temur va Yildirim Boyazid» (K. Abdunabiyev), «Alpomishning qaytishi» (U. Azim) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.
Ensiklopediya.uz
RAVSHANOV Mansur Temirovich