Ravshan dostoni insho rejasi bilan

Ravshan dostoni insho rejasi bilan

Savol:

Ravshan dostoni tavsiv insho

Javob:

Ravshan dostoni insho rejasi bilan Reja:I. Kirish: Ravshan — Men sevgan dostonlardan biriII. Asosiy qism:    1) Dostonda qahramonlar obraziga tavfsif    2) «Ravshan»dostonida mardlik timsoliIII. Xulosa: Dostondan olgan taassurotlarim»Ravshan»dostoni G’o’ro’g’li   turkumiga mansub ishqiy-romantik dostonlar sirasiga kiradi. Doston o’ziga xos syujet va kompozitsion jihatdan badiiy murakkablikka ega. Dostonda voqealar quyidagi asosda davom etadi. Go’ro’g’li Avazning qiziga sovchilikka boradi, lekin  Avaz Hasanxonni mensimay bergan javobidan yosh Ravshanning ko’ngli og’riydi. Ravshanning xosiyatli hukumat nigindan (uzukdan) Zulxumorning suratini ko’rib,unga oshiq bo’lib, Shirvon eliga izlab yo’lga otlanishidan doston voqealari boshlanadi. Ravshanning Shirvon elida kampirga o’g’il tutinadi. Ko’p qiyinchilikdan o’tib, Zulxumarga yetishadi, ammo Zulxumorning kanizi Oqqiz hasad qilib  Qoraxonga bu xabarni yetkazadi. Ravshan asirga tushadi, jonini saqlash uchun o’z dinidan kechmaydi, Qoraxon diniga kirmaydi. Hasanxon va aka-uka kallar jangda g’olib kelib Qoraxon zulmidan xalqni ozod qiladi. Ravshan bilan Zulxumorni nikohlab, qirq kun to’y qilib, Shirvon eliga Aynoq kalni podsho qilib, Chambil eliga qaytadi va murod-maqsadiga yetadi. Doston voqealarining bayoni mana shu tasvir bilan an’anaviy dostonlar tugallanmasidek yakunlanadi.  Dastonlarda , umuman, xalq og’zaki ijodida qahramonlarning, jasurligi botirligi, dovyurakligi, yo’lbars, qoplon, sher, arslonga o’xshatadi. Dostondagi Avazxon va  Hasanxon tasviri ‘‘Avazxon va Hasanxon ham sher haybatli, yo’lbars kelbatli, qoplon yurakli, arslon bilakli yigitlar bo’ldi’’.Xulosa ōrnida shuni aytishim joizki, men bu dostonni ōqish davomida nafaqat baxshining ijodiga qoyil qolibgina, balki, ōzim uchun ham mardlik, jasurlik kabi xislatlarni uyg’unlashtira oldim desam mubolag’a bōlmaydi.

Savollarga javoblar
Ravshan dostoni insho rejasi bilan