RAVISH
RAVISH — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravish larning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) R. lari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravishlari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor Ravishlari (ancha, sal, kam kabi); maqsad R. lari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab Ravishlari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad Ravish laridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin.
Ensiklopediya.uz
RAVISH