RAVALPINDI

RAVALPINDI

RAVALPINDI — Pokistonning shim. sharqiy qismidagi shahar. Panjob viloyatida, togʻ etagida. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Panjobdan Afgʻoniston va Kashmirga boriladigan yoʻl ustida. Aholisi 1,4 mln. kishi (1998), aksariyati pushtu, kashmiri, gujarot va panjoblar. Ravalpindi — transport yoʻllarining tuguni, muhim savdo-sanoat markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik (ip gazlama, shoyi, movut, trikotaj), poyabzal, kimyo-farmatsevtika, neftni qayta ishlash, metallsozlik va mashinasozlik, sement korxonalari, t. y. ustaxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Shahar yaqinidagi neft va gaz konlaridan Ravalpindiga quvurlar oʻtkazilgan.

Ensiklopediya.uz
RAVALPINDI