RASM

RASM

RASM, qalamtasvir — tekis yuzaga qoʻlda chiziq va nursoya (oqqora boʻyoq dogʻlari) yordamida ishlangan tasvir; rassomlik sanʼati (rangtasvir va grafika)nish ifoda vositasi. Rasmda asosiy ifoda vositasi chiziq boʻlib, qoʻlda grafika vositalari qalam, pero va b. yordamida chegara chizik, (kontur chiziq) yoki qisqa va yuliq chiziq (shtrix)lar hamda boʻyoq dogʻlarida bir xil (axromatik) rangda bajariladi. Bu ifoda vositalarining turlicha qoʻshilishi natijasida (shtrixlar kombinatsiyasi, boʻyoq dogʻlari va chiziqlarning uygʻunligi va b.) R. ning nafis ishlanishi, tus, ranglarning ohangdorligi, nursoyaning oʻta taʼsirchanligiga erishiladi. Rasm qogʻoz, mato, devor va b. ga qalam, koʻmir, pero, sangina, moʻyqalam va b. vositasida, tosh, taxta, metall kabi qattiq yuzalarga oʻtkir uchli buyum (qurol, bigiz va b.) bilan oʻyib chiziladi. Rasm, asosan, bir rangda yoki turli ranglarni u yoki bu darajada qoʻllanishi b-n bajariladi.

Ensiklopediya.uz
RASM