Rasm yoki matn?

Rasm yoki matn?

Ko‘p saytlarni kuzataman, bir xil muammo bo‘ladi yaʼni nima? onlayn do‘kon saytlarida baʼzilar tovarni xususiyatlarini rasm ko‘rinishda berib qo‘yadi, bu qanchalik to‘g‘ri? Albatta SEO tomondan qaraganda to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Mijozlarimiz rasm bilan emas odatda matn bilan qidirishadi tovar nomlarini va xususiyatlarini va boshqa narsalarni. Misol uchun: iPhone 16 pro max 256 gb black.

Shunda nima qilishimiz kerak? vizual tushuntirish yaxshi albatta lekin matn ham albatta saytda bo‘lishi kerak. SEO tomondan bu Sizga foydali bo‘ladi. Rasm va video ko‘rinishda kontentni boyitsangiz tovar va saytga bo‘lgan ishonch oshadi va konversiya oshishiga olib keladi. Oddiy misol eʼlonlar saytida biron bir tovar qidirganingizda tovar bo‘yicha rasmi ko‘p bo‘lsa va yetarlicha maʼlumot yozilgan bo‘lsa sotuvchi bilan bog‘lanish ehtimolingiz oshadi sababi tovar haqiqiy ekanligiga va Sizga kerakli tovarligiga ishonasiz. Lekin rasmi yo‘q va tovar haqida shunchaki bu «tovar nomi» sotiladi deb qo‘ysa ko‘p ehtimol bilan tovar sahifasini ochib ham ko‘rmaysiz va boshqa sotuvchidan olasiz.

Shunday qilib tovar ko‘proq sotishni va Ko‘proq matn, rasm va video bilan sahifani boyitishga harakat qiling, shunda saytga bo‘lgan ishonch oshadi va raqobatchilaringizda bir qadam oldinda bo‘lasiz. Shu bilan birga rasm va videoni optimizatsiya qilishni unutmang. Katta hajmdagi fayllar saytni toshbaqa qilib qo‘yadi, sekin ishlaydigan sayt o‘zingizga ham yoqmasligi aniq.

Postni kimga yuborishni bilasiz…

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!

Dasturlash, Koperayting, SEO haqida
Rasm yoki matn?