Rasm uchun qaysi format yaxshi?
Rasm sifatini saqlab qolgan holda sayt tezligini oshirish uchun qaysi formatni tanlagan yaxshi? Bu savol ko’pchilikda bo’lishi tabiiy hol, sababi bir nechta formatlar borligi va hamma format ham saytni tezligiga ijobiy ta’sir qilmasligini hisobga olsak, to’g’ri variantni bilib qo’yganimiz yaxshi.
Oldin o’zim ham png va jpg formatlaridan foydalanardim, saytni tezligini yaxshilash uchun ko’p internetda izlanishlar qilib ko’rdim va webp formatiga to’xtalganman, sababi google tomonidan ishlab chiqilgan bu format sayt tezligini sezilarli darajada tez ochilishiga sabab bo’ladi, eng muhimi rasm sifati deyarli o’zgarmaydi. Sayt tezligi aslida formatga bog’liq emas, rasmni hajmiga bo’gliq desak ham bo’ladi, shu webp formati boshqa formatlarga nisbatan ancha hajmi kichrayish hususiyatiga ega.
Shu sabab saytingiz uchun rasm formatini tanlashda webp formatidan foydalanishni tavsiya qilaman, sinab ko’ring o’zgarishni o’zingiz ham sezasiz.
Boshqa formatdan webp formatiga o’zgartirib beradigan tinypng saytidan foydalanishni tavsiya qilaman, Dasturchilar uchun yoki wordpressda sayti borlar uchun tayyor plugini ham bor, Dastruchilarga apilari ham bor, wordpress uchun plugin o’rnatib o’zingizni maxfiy kalitingizni kiritib oyiga 500 tagacha rasmni sifatini o’zgartirmagan holda formatini o’zgartirish uchun bepul foydalanishingiz mumkin.
Eslatma, bu format yaratilganiga ko’p bo’lmaganligi sababli eski browserlarda ochilmasligi mumkin, lekin hozirgi browserlarda muommosiz ochiladi.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
Dasturlash, SEO haqida
Rasm uchun qaysi format yaxshi?