Rashod Nuri Guntekin

Rashod Nuri Guntekin

Rashod Nuri Guntekin
(1889–1956)

Rashod Nuri Guntekin

XX asrdagi mashhur turk yozuvchilaridan biri Rashod Nuri Guntekin 1889-yil Istanbulda tug‘ilgan. Istanbul universitetining turk tili va adabiyoti bo‘limini tamomlagan (1912). XX asrning 20-yillarida uning bir qancha hikoyalari bosilib chiqadi. Katta epik janrga qo‘l urgan yozuvchi dastlab «Sirli qo‘l» (1921) romanini yozadi.

 Adabiyot darsligi mundarijasiga qaytish

Keyinchalik «Xazonrezgi», «Tamg‘a», «Yashil tun» nomli romanlari nashr qilinadi. Ammo dunyo adabiyotida u «Choliqushi» (1922) romani bilan shuhrat qozondi. Adibning bu romani Mirzakalon Ismoiliy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1959).
Ko‘plab hikoyalar, roman va dramatik asarlar meros bo‘lib qoldi. Turkiyada adibning yigirma to‘rt jilddan iborat asarlari bosilgan (1958–61). Adib 1956-yilda vafot etgan.

Maktab darsliklari, Ta‘lim
Rashod Nuri Guntekin