Raqamlar haqida sherlar

Raqamlar haqida sherlar
raqamlar haqida sherlar 65cb2e682619a

raqamlar

Raqamlar haqida sherlar

Mundarija скрыть
Raqamlar haqida sherlar
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

“ 0 raqami”
Diqqat  mening  nomim  nol,
O’quvchim  sen  ogoh bo’l.
Yolg’iz  tursam  yo’qman  men,
Sherik  bo’lsa  to’qman men.
Yozilishim  qiyinmas
Dum-dumaloq   chizsang  bas!

 

“ 1 raqami”
 Bir degan  sanoq sonman ,
Sanash  uchun  osonman
Bitta  yurak  bitta bosh,
Bitta  oy,  bir  quyosh,
Yozishga  ham o’ng’ayman,
Qoziqchaga  o’xshayman

 

“ 2  raqami”
Ikki  degan  nomim  bor,
Ikki  birdan  men  tayyor.
Ikki  qo’l, ikki oyoq,
Ikki  ko’z,  ikki  quloq,
Nimaga  o’xshayman   xo’sh
Xuddi  ko’ldagi  oqqush !

 

—  “ 3  raqami”
Uchta  birman  nomim uch,
Birlashganda  bo’lar  kuch.
Uchgacha  sanayman  der,
Shart  o’ynagan  har bir  sher.
Yozish  uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki  kulcha.

 

“ 4  raqami”
 Men  to’rt  degan  raqamman,
Ikki  ikkidan  jamman.
Bo’lsa  ikki  juft  o’rtoq,
To’rtta ulfat  o’sha  choq.
Yozishni mashq  qil  picha,
Bir  oyog’i   narvoncha !

 

“ 5  raqami”
Besh  degulik  nomim  bor,
Raqamlar  ichra  ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh  panjaman.
Yaxshi  tirish yozmoqqa,
Sal  o’xshayman  qarmoqqa.

 

“ 6  raqami”
 Beshdan  keyin    oltiman,
Raqamlarning  oldiman.
Ikki  uchni  qo’shsang bas,
Hech qachon esdan  chiqmas .
Yozishni  lozim bilmoq
Guyoki  oddiy ilmoq

 

“ 7  raqami”
 Mening  nomimdir  yetti,
Endi  demanglar  mitti.
Oltidan  bitta ko’pman,
Yetti  yulduzman  to’pman.
Chizginda  kichik o’roq,
Beliga  boyla  belboq.

 

“ 8  raqami”
 Sanamay  demang  sakkiz,
Ikki  to’rtni  qo’shsangiz,
Hosil  bo’laman shu  on,
Yaxshi bilgin  ukajon
Yozilishim  bil  qani,
Tasavvur  qil  pillani.

 

 «9  raqami”
 Men  to’qqizman to’qqizman,
Sonlar  ichra  yolg’izman.
Sakkizdan  bitta  katta,
Bilib  qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman  dumi  pastda.
abdiyev.uz

Raqamlar haqida sherlar