Rano Yarasheva haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Rano Yarasheva haqida, oilasi, instagram, rasmlari
DO`STLARGA ULASHING:
Rano Yarasheva haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI
1961 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. Milliy teatrda 1987 yildan buyon faoliyat koʼrsatib kelmoqda. 1999 yili «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist” unvonigi sazovor boʼldi. Umumiy mehnat staji 38 yil. Raʼno Yarasheva teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ortiq asarlarda turli xil obrazlarni yaratdi.
Raʼno Yarasheva saxnadagi ijodining dastlabki yillaridan to shu kunga qadar takrorlanmas obrazlar yaratib, teatrning yetuk aktrisalaridan biriga aylandi.
Raʼno Yarasheva Milliy teatrda sahnalashtirilgan «Yorqinoy”da Yorqinoy, «Xayot eshik orti”da Tabassum, «Jinoyat ustida ushlansin”da Manzura, «Kuloyim”da Аnna, «Enaga”da Аyol, «Baxti qaro kelin yoki…”da Kelin, «Jodugar kanizak”da Kanizak, «Mehrobdan chayon”da Nozik, «Qalliq oʼyin”da Hamrogul, «Soxibqiron Temur” Vazirning qizi, «Chimildiq” Ulanchi yanga, «Boshi qotgan oshiqlar” Parishonxotir kelin, «Ufq” Qishloq ayoli, «Shayton va farishta” Oʼgʼiloy, «Omonat dunyo” Xotin-qizlar qoʼmitasi raisi, «Аyolgʼu” Ona, «Qirmizi olma” Sovchi ona, «Yoz tuni gʼaroyibotlari” Ippometa, «Neksiya” Norbuvi, «Bevalar” Raʼno, «Uvaysiy” Nodirabegim, «Аndishali kelinchak” Toʼychiniso, «Аntiqa qudalar” Yapon ayoli kabi takrorlanmas rollari mazmunan chuqurligi, ijro maxoratining mukammalligi, mantiqiy talqini bilan eʼtiborga loyiqdir.
Raʼno Yarasheva bir qator kinofilьmlarda va telefilьmlarda xam yorqin obrazlar yaratdi. «Chimildiq” Yanga, «Vijdon” Ona kabi rang-barang xarakterli rollar ijro etib, sanʼatkor sifatida elga tanildi.
U teatr jamoasida, tashabbuskorligi, toʼgʼri soʼzligi bilan ajralib turadi. Har bir ishga vijdonan yondoshadi. Oilada mehribon ona, hamkasblariga, doʼstlariga gʼamxoʼr inson. Turmushdagi kamtarligi, atrofdagi kishilarga eʼtiborliligi bilan hurmat va eʼtiborga loyiqdir.
instagram, oilasi, Rano Yarasheva haqida, rasmlari