RANGLI TELEVIDENIE
RANGLI TELEVIDENIE — tasvirlarni oʻz tabiiy rangida uzatish va tomosha qilishga imkon beradigan televideniye. R. t. tabiiy ranglarning qizil, koʻk va yashil ranglarga ajratish xossasiga asoslangan. Rangli televideniyeda ham tasvir elementlari (nuqtalar) galmagal uzatiladi. Juda mayda detallar oqqora rangda, oʻrtacha detallar 2 rangda, yiriklari 3 rangda uzatiladi. Rangli televideniye kamerasida obyektdan qaytgan nurni 2 ta maxsus koʻzgu qizil, koʻk va yashil nurlarga ajratadi, bu nurlar tegishli elektronnur trubkaga yoʻnaladi (har qaysi rangdagi nur boshqaboshqa trubkaga boradi). Trubkalar chiqishida rangli videosignallar (I^, Ik va Iya) hosil boʻladi. Bular kuchaytirilib, kodlovchi qurilmaga oʻtkaziladi. Bu yerda maxsus oʻzgartirgich signallarni 3 signalga: yorqinlik signaliga va ranglarni uzatish uchun moʻljallangan 2 signalga ajratadi. Yorqinlik signali I, uchta rang tashkil etuvchilardan hosil boʻladi. Ranglarni uzatish uchun moʻljallangan signallar tegishli ranglar nisbati (Mas, Iq — Ie va Ik — Ie) dan tuziladi. Bu signallar eltuvchi chastotali qoʻshimcha kuchlanishni modulyatsiyalaydi (q. Modulyatsiya). Bunday kuchlanish yorqinlik signali bilan birga umumiy aralashtirgichga uzatiladi. Radiouzatkich umumiy signallarni efirga tarqatadi.
Ensiklopediya.uz
RANGLI TELEVIDENIE