Rangli metallurgiya
Rangli metallurgiya
DO`STLARGA ULASHING:
Rangli metallurgiya — metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar, qurilish materiallari kabi yoʻldosh mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli metallurgiya mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi. Konchilik korxonalari, boyitish fkalari, metallurgiya va metalga ishlov berish zdlari tarmoqning ishlab chiqarish majmuini tashkil etadi.
Boshqa foydali qazilmalarga Karaganda rudalarda rangli va nodir metallar miqdori juda kam boʻladi. 1 t rangli metall olish uchun 100 t dan to oʻn minglab t gacha ruda qazib olinadi va kayta ishlanadi. Rudalarning 65% dan koʻprogʻi ancha tejamkor usul — ochiq usulda qazib olinadi. Ruda xom ashyosida asosiy elementlar — alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, qalay, volfram, molibden bilan birga yoʻldosh elementlar — oltin, kumush, platina metallari, kobalt, mishyak, reniy, indiy, rubidiy, galliy, selen, tellur va boshqa, baʼzan qimmati jihatdan «asosiy» metallardan ustunroq boʻlgan metallar ham uchraydi. Boyitish fkalarida jami rudalarning 90% dan koʻprogʻi samarali flotoreagentlarni qoʻllagan holda flotatsiya usulida boyitiladi.
Oʻzbekistonda Rangli metallurgiya mahalliy mineral xom ashyo resurelari negizida 20-asrning 30-yillaridan rivojlandi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, molibden, simob va boshqalar) konlari, Qoramozor misqoʻrgʻoshinrux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoʻytosh, Langar rangli metallar, Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Koʻkpatos, Qizilolmalisoy oltin, Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux, Qalmoqqir mis konlari va boshqa topilib, ular sanoat miqiyosida oʻzlashtirilishi bilan respublikada Rangli metallurgiya shakllandi. Respublika rang metallar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarga chiqdi. Oʻzbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari boʻyicha 5, oltin qazib olish boʻyicha 7oʻrinda turadi (q. Oltinsanoati).Mis, qoʻrgʻoshin — pyxishlabchiqarish, asosan, Ohangaron — OlmaliqkonsanoathududidaQoʻrgʻoshinkonOltintopganpolimetallkonlari, Qalmoqqirmiskonlarinegizidashakllandi. TarmoqningyetakchikorxonasitugalmetallurgiyasikligaegaboʻlganOlmaliqkonmetallurgiyakombinatidir. VolframvamolibdenmetallurgiyasiningyirikkorxonasiChirchiqshahridagiOʻzbekistonqattiqqotishmalarvaoʻtgachidamlimetallar k-tiboʻlib, ktIngichkavolfram (1943; Samarqandviloyati) vaQoʻytoshvolframmolibden (1937; Jizzaxviloyati) konlarirudalarihamdamisrudalaridanajratibolinadiganmolibdennegizidaishlaydi. Ktda 1molibden quymasi 1956 yilolingan, 1957 yildanqattiqqotishmalarishlabchiqarilaboshladi. Ktmahsulotlari (100 turdanortiq) elektrotexnika, poʻlateritish, konburgʻilashsohalaridakengqoʻllaniladi. 1996 yildanktdarespublikaehtiyojlarinitulaqoplaydiganelektrlampochkalariishlabchiqarishquvvatlariishgatushirildi.
Rangli metallurgiya