RAMONIKAXAL
RAMONIKAXAL (Ramon u Cajal) Santyago (1852.1.5, Petilya, Navarra — 1934.17.10, Madrid) — ispaniyalik gistolog. Valensi, Barselon, Madrid (1892—1922) untlari prof. Neyron nerv sistemasining morfologik birligi taʼlimotining asoschisi (1894). Ilmiy faoliyati koʻz toʻr pardasi, orqa miya, miyachaning tuzilishi, shuningdek, shikastlangan nervning tiklanish masalalariga oid. Nobel mukofoti laureati (1906, K. Golji bilan hamkorlikda).
Ensiklopediya.uz
RAMONIKAXAL