Ramazonda to‘g‘ri ovqatlanish

Ramazonda to‘g‘ri ovqatlanish

Ramazonda to‘g‘ri ovqatlanish

DO`STLARGA ULASHING:

Kun uzoq och qolib, iftor chog‘ida xushta’m taomlardan to‘yib iste’mol qilish Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish to‘g‘risidagi qoidalarga darz yetkazishi mumkin. O‘z sog‘ligini muntazam o‘ylovchi inson, albatta, bu borada juda ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Ana shunday muhim pallalarda amal qilish kerak bo‘lgan ayrim qoidalarni esga solib o‘tamiz:

Ovqatlanishni hurmodan boshlang!
Hurmo—uglevodlar koni. Kun davomidagi ochlikdan so‘ng energiyani tiklashga ko‘maklashadi. Shuningdek, u hazm qilish jarayonini ham nazorat qiladi.

Ko‘p suv iching!
Bugungi issiq kunlarda organizmning suvga bo‘lgan talab keskin oshib ketadi. Ro‘za tutilganda esa bu chanqoqlik ikki hissaga ortadi. Shu sabab, iftorlik chog‘ida ana shu zahirani to‘ldirish uchun ham ko‘proq suv iste’mol qilish zarur.

Chanqoqlik chaqiruvchi mahsulotlardan yiroq bo‘ling!
Organizmni chanqatadigan mahsulotlar iste’molidan tiyiling. Tuzlangan mahsulotlar, konserva, sho‘rdanak, tuzlangan bodring, dudlangan baliqlar shular jumlasidan. Ziravorlar bilan boyitilgan mahsulotlar ham chanqatadi. Ko‘proq meva-sabzavotlar iste’mol qiling. Ular organizmdagi suv zahirasini boyitadi.

Sekin ovqatlaning!
Organizmning uzoq ovqat iste’mol qilmasligi—stress. Shu sabab iftorlikda iste’molni hurmo, suvlar, sho‘rva, salatlardan boshlash joiz. Ma’lum muddat o‘tib, asosiy taomga o‘tish mumkin. Tuyqus kuchli ovqatlar iste’moli oshqozonga og‘irlik qiladi.

Foydali mahsulotlar tanglang!
Kundalik ratsiondan yormalar, yog‘siz go‘shtlar, baliq, zaytun yog‘i va mevalar o‘rin olsa, maqsadga muvofiq. Qovurilgan, tuzlangan va yog‘li taomlardan tiyiling. Go‘sht, loviya, tuxum va sut mahsulotlari esa organizm uchun foydali bo‘lgan proteinlarga boy sanaladi.

Shirinlikdan tiyiling!
Iftorlikdan so‘ng shirinlik iste’mol qilish qorinni dam qiladi va hazm jarayonlarini yomonlashtiradi. Bundan tashqari qondagi glyukozalarni oshiridi. Shuning uchun shirinlikni iftorlikdan 3-4 soat o‘tib yegan ma’qul. Biroq, eng yaxshisi, uni yanada foydali bo‘lgan shirin hurmo, quritilgan va xo‘l mevalarga almashtirgan ma’qul.

Hech qanday kofe!
Ramazon oyida kofe iste’mol qilishni keskin kamaytiring!

Uch bosqichli ovqatlanish
Ramazon chog‘ida 3 bosiqli ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish lozim: murakkab uglevodli taomlar iste’moli, yog‘siz taomlar yoki baliq iste’moli va mevalar iste’moli. Bu to‘g‘ri ovqatlanish balansini ta’minlaydi.

 

Internet materiallari asosida Muslim Mirzajonov tayyorladi

https://muxlis.uz/

Ramazonda to‘g‘ri ovqatlanish