Ramazonda to‘g‘ri ovqalanishning 9 ta oltin qoidasi! to’liq malumot oling
Ramazonda to‘g‘ri ovqalanishning 9 ta oltin qoidasi!
Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega.
Uzoq soatlik ochlikdan so‘ng, turli taomlarga boy iftorlik dasturxoni bizning Ramazonda sog‘lom ovqatlanish haqidagi orzularimizni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Ramazon oyida ro‘za tutish sog‘ligimizni yaxshilashi mumkin, agar u to‘g‘ri tutilgan bo‘lsa, aks holda inson sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin. Ramazonda to‘g‘ri ovqatlanish haqida bilish, ovqatni faqat yangi mahsulotlardan tayyorlash juda muhimdir!
Ushbu Ramazonda sog‘lom ovqatlanish va oshqozon ichak tizimi salomatligini saqlash uchun quyidagi maslahatlardan foydalaning:
1. Taomlanishni xurmodan boshlang.
Xurmo — bu ro‘za paytida kun davomida energiya bilan taʼminlaydigan uglevodlarning manbai hisoblanadi. Xurmo mevasi tolalari ovqat hazm qilish traktini ishlashini tartibga soladi. Bundan tashqari, xurmo magniy va kaliyga boy.
2. Ko‘p miqdorda suv iching.
Ramazon bu yil ham kunlarning issiq paytiga to‘g‘ri keladi, shuning uchun issiq havoda tanangizni suv bilan taʼminlash uchun yetarli miqdorda suv ichish juda muhimdir. Kun davomida chanqamaslik uchun og‘iz ochilgandan keyin va saharlikdan oldin yetarlicha suv iching. Ovqatlanish uchun ruxsat berilganda 8 stakan suv ichishga harakat qiling.
3. Chanqatadigan ovqatlar va mahsulotlardan saqlaning.
Tuzli ovqatlar, konservalar, tuzlangan yong‘oqlar, bodringlar, baliqlardan saqlaning. Bundan tashqari, ziravorlarga boy ovqatlardan saqlaning, chunki ular sizda chanqoq hissini chaqiradi. Ko‘proq meva va sabzavotlarni isteʼmol qiling, ular organizmning suv zaxiralarini yangilaydi va to‘ldiradi.
4. Sekin, shoshmasdan iftorlik qiling.
Uzoq muddatli ochlikdan so‘ng, tanaga katta miqdordagi oziq-ovqat tushishi – stressdir. Moʻtadil bo‘lishga harakat qiling, iftorni xurmo, suv bilan boshlang, keyin sho‘rva, salat yeyishingiz mumkin. Bir muncha vaqt o‘tgach, asosiy taomga o‘ting. Ortiqcha ovqatlanish ovqat hazm qilishda muammolar va oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
Iftorni iliq sho‘rva bilan boshlash ro‘za tutgandan keyin eng yaxshi ovqat bo‘lib, organizmning ozuqaviy moddalarini to‘ldiradi va tanani og‘irroq ovqatlar uchun tayyorlaydi.
5. Taomingizda barcha kerakli moddalar guruhlari mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Iftorda oqsillar, sabzavotlar, yormalar, mevalar va foydali yog‘lar kabi ovqatlar bo‘lishi kerak.
6. Sog‘lom ovqatlarni tanlang.
Ratsioningizda don, yormalar, tovuq go‘shti, yog‘siz go‘sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo‘lishi kerak. Qovurilgan, sho‘r va yog‘li ovqatlardan saqlaning. Go‘sht, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boy. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan kamida bittasini har kuni isteʼmol qilishingiz kerak.
7. Shirinliklardan saqlaning.
Iftordan keyingi shirinliklar qorinda gaz to‘planishiga sabab bo‘ladi va ovqat hazm qilishni buzadi. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, bu esa shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni yana-da oshiradi. Shuning uchun iftorlikdan 2–3 soatdan keyin shirinliklarni isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Shirinliklarni foydaliroq mahsulotlarga – xurmo, quritilgan mevalar, shirin mevalar bilan almashtirish kerak.
8. Qahva (kofe) ichishdan tiyiling.
Ramazon oyida bosh og‘rig‘i va uyqusizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun kofe isteʼmol qilishni kamaytirishga harakat qiling.
9. Kuniga uch marta ovqatlanish.
Ramazon oyida ham kuniga uch mahal ovqatlanish muhim ahamiyatga ega, bunda iftorlik, saharlik va ular orasida yengil tamaddi qilib olish kerak. Asosiy ovqatlanishingizni uch qismga bo‘ling. Uchdan bir qismi murakkab uglevodlar, uchdan biri yog‘siz go‘sht yoki baliq, qolganlari esa sabzavot. Bu sog‘lom muvozanatli ovqatlanish bo‘ladi.
Manba: @nutritio_logos
Boshqa mavzular
Ramazonda to‘g‘ri ovqalanishning 9 ta oltin qoidasi!