Ramazon va Ro‘za haqida sara sherlar to‘plami
Yurak hapqirib ketar, Qalbga surur bahsh etar, Bu oy fayzi oʻzgacha Yerga sigʻmas malaklar, Tarovehlar oʻqilar, Qadr kecha bor unda Hisobi yoʻq ajrlar Bilaman koʻp gunohim, Erta ozonda turib, Muruvvat qilib har on, Koʻrkam boʻlar qomatim, Rizqim soʻrab tong, azon, Toʻlib savob qozonim, Ezgu ishlarni yoqlab, Dard chokidan soʻkilsin, Oʻlchab berilgan umr, Bizga berib yana bir imkon. Oylar ichra shohi bo‘ladi. Yaxshilikka yo‘l ochib, boshlab. Yomonliklar ozorlansin deb, Sovg‘a qilib qadr kechasin, Kibr ustiga bosilsin qadam, Muhammadsiz ko‘ngillar qora, Volidamning aybini o‘chir, Nomahramdan burgin ko‘zimni, Qay go‘shada mo‘’min dili qon, Oson qilgin sabr kechasin,Ramazon va Ro‘za haqida sara sherlar to‘plami
DO`STLARGA ULASHING:
Ramazonga oz qoldi
Sogʻinchdan dil entikar,
Umidim bor yetkazar,
Ramazonga oz qoldi!
Jannat eshigin ochar,
Doʻzah eshigin yopar,
Ramazonga oz qoldi!
Raxmat yogʻar har kecha,
Nur taralar tonggacha,
Ramazonga oz qoldi!
Rad etilmas tilaklar,
Masjidda jam ummatlar,
Ramazonga oz qoldi!
Tilovatlar qilinar,
Gunohlar ham toʻkilar,
Ramazonga oz qoldi!
Izlang soʻnggi oʻn kunda!
Toq kunlarning birida,
Ramazonga oz qoldi!
Hatto bilmas Malaklar,
Qabul boʻlgay tilaklar,
Ramazonga oz qoldi!Roʻza tutaman
Nadomatlar yutaman,
Nasibqilsa Allohim,
Men ham roʻza tutaman.
Moʻmin, musilmon boʻlib,
Yuzlarim nurga toʻlib,
Men ham roʻza tutaman.
Tushlarimga kir Rahmon,
Qoch yoʻlimdan ey shayton,
Men ham toʻza tutaman.
Kular baxtu omadim,
Tashlab yomon odatim,
Men ham roʻza tutaman.
Onam bilan yonma yon,
Tilab Allohdan imon,
Men ham roʻza tutaman.
Iftorimu ozonim,
Hush kelding ramazonim,
Men ham roʻza tutaman.
Sabrim, toqatim saqlab,
Qalbimni poklab, poklab,
Men ham roʻza tutaman.
Gʻamning qaddi bukilsin,
Gunohlarim toʻkilsin,
Men ham roʻza tutaman.
Sogʻlik-halovat, huzur
Neʼmatlaringga shukur,
Men ham roʻza tutaman.
Xurshid KarimKirib keldi Aziz Ramazon
Ajib, go‘zal otadi har tong.
Xushxabarni aytib, urib bong,
Kirib keldi Moxi Ramazon.
Eng go‘zali Mohi bo‘ladi.
Qalblar oromgohi bo‘ladi.
Kirib keldi Moxi Ramazon.
Ginalarni orqaga tashlab.
Shaytonlarni yig‘latib, toshlab,
Kirib keldi Mohi Ramazon.
Nafs balosi xor zorlansin deb,
Yer yuzi bir tozalansin deb,
Kirib keldi Moxi Ramazon.
Savoblarning necha nechasin,
Gunohlarni yuvib qanchasin,
Kirib keldi Moxi Ramazon.
Ibodatdan yuksalsin odam,
Tilovatdan mast bo‘lsin olam.
Kirib keldi Aziz Ramazon.
DILDORRamazonga yetganim haqqi
Yo‘l bermasang topolmam chora,
Yo, Zuljalol, tavbamga qara-
Ramazonga yetganim haqqi.
Padarimning gunohin kechir,
O‘zing rahmat sharobin ichir-
Ramazonga yetganim haqqi.
Yolg‘onlardan asra so‘zimni,
Hisob qilay toki o‘zimni-
Ramazonga yetganim haqqi.
Go‘daklari o‘q yeb berar jon,
Qil ularning mushkulin oson,
Ramazonga yetganim haqqi.
Armon qilma Qadr kechasin,
Borsam… nur qil qabr kechasin-
Ramazonga yetganim haqqi.
Ramazon va Ro‘za haqida sara sherlar to‘plami