Ramazon taqvimi 2024 Og’iz yopish va og’iz ochish duolari

Ramazon taqvimi 2024 Og’iz yopish va og’iz ochish duolari

Ollohga behisob shukurlar bo’lsin Ramazonga yetkazgani, Ramazon barchamizga muborak bo’lsin.

Ramazon taqvimi 2024 og’iz yopish va og’iz ochish duolari qabul qiling marhamat.

Ramazon taqvimi 2024

«Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsangiz.» (Baqara surasi, 183-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim iymon bilan savob umidida Ramazon ro‘zasini tutsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi», dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Ramazon taqvimi 2024 Og’iz yopish va og’iz ochish duolari 3

Yurtimiz hududlaridagi saharlik va iftorlik vaqtlarining Toshkent vaqtiga nisbatan tafovuti:

Toshkentdan oldin: Angren — 3/4, Andijon — 12/13, Xonobod — 14/15, Shahrixon — 10/12, Xo‘jaobod — 13/13, Namangan — 9/10, Pop — 6/7, Chortoq — 10/10, Chust — 8/8, Farg‘ona — 9/11, Rishton — 6/9, Qo‘qon — 6/7, Quva — 10/12.

Toshkentdan keyin: Bekobod — 2/0, Buxoro — 22/19, Gazli — 26/23, G‘ijduvon — 21/19, Qorakul — 25/23, Guliston — 4/2, Sardoba — 5/4, Jizzax — 8/6, Zomin — 6/4, Forish — 10/9, G‘allaorol — 9/7, Navoiy — 18/16, Zarafshon — 20/18, Mingbuloq — 26/24, Konimex — 19/17, Nurota — 16/15, Uchquduq — 22/23, Nukus — 37/39, Mo‘ynoq — 38/43, Taxtako‘pir — 34/37, To‘rtko‘l — 32/30, Qo‘ng‘irot — 40/43, Samarqand — 12/8, Ishtixon — 14/11, Mirbozor — 16/13, Kattako‘rg‘on — 15/13, Urgut — 11/9, Termiz — 10/6, Boysun — 14/9, Denov — 9/2, Sherobod — 13/7, Sho‘rchi — 10/6, Qarshi — 19/14, Dehqonobod — 17/11, Koson — 20/14, Muborak — 20/15, Shahrisabz — 13/10, G‘uzor — 18/12, Urganch — 35/35.

Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) duosi

نَوَيْتُ أَنْ أَصُومَ صَوْمَ شَهْرَ رَمَضَانَ مِنَ الْفَجْرِ إِلَى الْمَغْرِبِ، خَالِصًا لِلهِ تَعَالَى أَللهُ أَكْبَرُ

Navaytu an asuvma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’aalaa Allohu akbar.

Ma’nosiRamazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun Alloh buyukdir.

Iftorlik (og‘iz ochish) duosi

اَللَّهُمَّ لَكَ صُمْتُ وَ بِكَ آمَنْتُ وَ عَلَيْكَ تَوَكَّلْتُ وَ عَلَى رِزْقِكَ أَفْتَرْتُ، فَغْفِرْلِى مَا قَدَّمْتُ وَ مَا أَخَّرْتُ بِرَحْمَتِكَ يَا أَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ

Allohumma laka sumtu va bika aamantu va a’layka tavakkaltu va a’laa rizqika aftartu, fag‘firliy ma qoddamtu va maa axxortu birohmatika yaa arhamar roohimiyn.

Ma’nosiEy Alloh, ushbu Ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey mehribonlarning eng mehriboni, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgil.

Manba: Muslim.uz