Ramazon Taomnomasi: Saharlik va Iftorlikka Nima Yegan Ma’qul?
Ramazon Taomnomasi: Saharlik va Iftorlikka Nima Yegan Ma’qul?
DO`STLARGA ULASHING:
Muborak oy kelib, issiq kunlarda Ro’za tutish iyu oyinkng oxirlaridan boshlandi. Kunlar issiq bo’lgani bois, avvalgi paytlardan farqli o’laroq hozirgi kunlar musulmon ahli uchun xaqiqiy sinov davridir. Undan tashqari, issiq kunlarda ishtaha ham biz kutganday ochilmaydi, taomnomamizga turli o’zgartirishlar kiritib turmasak, ishtahadan qolishimiz aniq. Albatta, Ramazon oyi uchun maxsus taomnoma yo’q. Shunday bo’lsada, bugun sizning e’tiboringizga ro’za taomnomaningizga qo’shishingiz mumkin bo’lgan, kun davomida sizlarga quvvat bo’lib turadigan yeguliklar haqida aytib o’tmoqchimiz. Bu yeguliklarni taomnomangizga qo’shib, kun davomida baquvvat yuring. Saharlik uchun: Saharlikda iloji boricha sizga quvvat bo’ladigan, ko’p chanqatmaydigan, tez hazm bo’lmaydigan taomlar tanovvul qilganingiz ma’qul. Issiqliklar: o’rik qoqisi, hurmoni qurutilgani (eron xurmosi), yong’oq, mayiz, bodom, pista, asal, asalli suv ham halaqit qilmaydi: kun davomida chanqatmasdan olib yuradi va shu o’rinda glyukoza moddasiga ham boy, holsizlik kuzatilmaydi. Qovun ham iste’mol qilinsa maqsadga muvofiqdir, qovunning hazm bulishi sekindir. Shunday ekan, u kun davomida sizni och qolishingizdan asraydi. Tarvuz tavsiya qilinmaydi, u qorinda joy egallab, yegulikni hazm bo’lishida ko’maklashadi. Ovqatlar: hamir va guruchli ovqatlar tanovvul qilinishi tavsiya etiladi. Masalan, osh, manti, xonim, pegodya, qovurilgan chuchvara. Bular ham kuch bo’lib, kun davomida sizni baquvvat qilib ushlab turadi. Go’sht mahsulotlari: qovurilgan go’sht, qazi, go’shtli taomlar tavsiya etiladi, lekin qo’y go’shti emas, sababi qo’y go’shti chanqatish xususiyatiga ega. Parranda mahsulotlari: tuxum, tovuq go’shti – saharlikda qo’shimcha ovqat uchun yaxshi taomlardir. Ammo faqat o’zizni yeyish tavsiya etilmaydi, sababi tovuq go’shtini hazm bo’lish jarayoni tezroq amalga oshadi, tuxum bundan mustasno. Ichimliklar: turli sharbatlar, o’rik sharbati, novvot choy, qaynagan suv ichish tavsiya etiladi. Salatlar: Ko’p salat tanovvul qilish yaramaydi. Lekin ishtahani ochish uchun oz miqdorda iste’mol qilinsa yaxshi. Iftorlik uchun: Iftorlik vaqtida esa qorin to’q qilib ovqatlanish yaramaydi. Buning oqibatida oshqozon ishdan chiqishi mumkin. Uning o’rniga iftorlikda yengilroq ovqatlanib, yana birozdan so’ng yeyishda davom etishingiz mumkin. Og’iz ochish: iloji boricha og’iz ochish vaqtida asalli suv bilan ochgan ma’qulroqdir. Sababi asalli suv yordamida oshqozon namlanadi. So’ngra mevalar, qovun-tarvuz, salatlar yeyilsin. Undan so’ng suyuq ovqat ichilsa oshqozon uchun ayni muddao bo’ladi. Oradan bir oz vaqt o’tgach quyuq taom yeyishingiz mumkin bo’ladi. Iloji boricha to’yib yemaslik lozim. Saharlikkacha yeyish imkoningiz bo’lganligi tufayli, orada tanaffus qilib yeyish tavsiya etiladi.
Ramazon Taomnomasi: Saharlik va Iftorlikka Nima Yegan Ma’qul?