Ramazon hayiti sanasi 2025 yil

Ramazon oyi musulmonlar uchun ma’naviy yetuklik, sabr-toqat va Allohga yaqinlashish payti hisoblanadi. Shu oyda har bir musulmon roʻza tutish va iftor qilish jarayonida duolar oʻqib, dillarini tinchlik va ilhom bilan toʻldiradi.

Ramazon hayiti sanasi 2025 – yil tahminan 31 – mart yakshanba kuniga toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini munosib kutib olish, Islom dini tartib-qoidalari asosida hilolni kuzatish boʻyicha ishchi guruh tuzilgan.

Taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat mazkur ishchi guruh Ramazon hayitining birinchi kuni – Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlik asosida kuzatib bormoqda.

Ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi.

Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi maʼlumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi.

Loading

5320cookie-checkRamazon hayiti sanasi 2025 yil