☄️O’zbekistonliklar Ramazon Hayitida necha kun dam olishadi ?
Hozirgi rejaga ko’ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo’lishi kutilmoqda. Bular:
- 🔴 10 aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
- 🔴 11 aprel, payshanba — barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni;
- 🔴 12 aprel, juma — 6 kunliklarga qo’shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13 aprel, shanbadan ko’chirilgan dam olish kuni;
- 🟢 13 aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
- 🔴 14 aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.
📖 Sharh:
Ramazon oyining 30-kuni 9 aprel, seshanba kuniga to’g’ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko’rinishi o’zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10 aprel, chorshanba kuniga to’g’ri kelishi mumkin.
Demak, 13 aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ish kuni bo’ladi.
Agar mabodo yangi oy ko’rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o’zgarish kiritilishi mumkin.
45440cookie-checkRamazon hayitga dam olish kunlari 2024 yil