RAKETA QUROLI
RAKETA QUROLI — raketa yordamida shikastlash vositasi (bomba, snaryad) nishonga yetkaziladigan qurol. Otish joyi va nishonning oʻrniga qarab, Raketa quroli quyidagi sinflarga boʻlinadi: «yer — yer» (yerdan turib yerdagi nishonga otiladi), «yer — havo» (yerdan turib havodagi nishonga otiladi), «yer — kema», «havo — yer», «havo — havo», «havo — kema», «kema — kema», «kema — havo». Vazifasiga koʻra, Raketa quroli strategik, operativ — taktik, taktik turlarga boʻlinadi. Shikastlash vositasini nishonga yetkazish uzokdigi boʻyicha ancha yaqin (10 km gacha), yaqin (10—100 km gacha), oʻrtacha yaqin (100—500 km), ancha uzoq (qitʼalararo, 5500 km gacha) Raketa quroli farqlanadi. Raketa quroli 20-a. 50—70-y. larida keng rasm boʻldi.
Ensiklopediya.uz
RAKETA QUROLI