RAHMONOV

RAHMONOV

RAHMONOV Bekjon, Mulla Bekchon (1887, Xiva — 1929, Amudaryo) — Yosh xivaliklar partiyasining arbobi, maʼrifatparvar. Xivada madrasa taʼlimini olib, Istanbul dorilfununi (1913—18) da tahsil koʻrgan. Xorazmga qaytgach, jadidchilik harakatida faol qatnashgan. Xivada xonlik tuzumi agʻdarib tashlangach, XXSRda maorif vaziri (1920—21); MIK ish boshqaruvchisi (1921-y. dan); «Inqilob quyoshi» gaz. sining muharriri (1920—1921). Uning tashabbusi bilan Xorazmda koʻplab maktablar (oʻzbek va turkman tillarida) ochilgan, 1921-y. sent. da Xivada xalq un-ti tashkil qilingan. Urta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilgach, Xorazm okrugi (viloyati) xalq maorif boʻlimi mudiri (1925—26) va b. lavozimlarda ishlagan. Xorazm oʻzbeklarining musiqa tarixiga oid tadqiqotlar va turli dareliklar muallifi. Amudaryo (kemaning ichi)da sovet chekistlari tomonidan fojiali oʻldirilgan.

Ensiklopediya.uz
RAHMONOV