RAHMATULLAYEV

RAHMATULLAYEV

RAHMATULLAYEV Ismatulla, Rahmatullazoda (1883, Samarqand viloyati Rajabamin qishlogʻi — 1962) — jadid maʼrifatparvari, pedagog. Abduqodir Shukuriynmng «usuli savtiya» maktabida (1901—05) oʻqib, soʻng shu maktabda oʻqituvchilik qilgan (1906 — 12), ayni paytda rustuzem maktabi , da ham tahsil olgan (1903—06). «Dorul adab» maktabini tashkil etgan (1913—17). Tojik tilida «Taʼlimi alifbe» darsligini nashr etgan (1915). 1917—19 y. larda Samarqandsa 35 ta yangi maktabning ochilishida ishtirok etgan. Samarqanddagi Oʻzbek maorif bilim yurti (1922—25) va Oʻzbekiston davlat kitob palatasining 1-direktori (1926—29), Behbudiy nomidagi kutubxona mudiri (1930—37). «Nashri maorif» va «Anjumani maorif» jamiyatlarining hayʼat aʼzosi (1917—21). «Milliy ittuhod» tashkiloti aʼzolari b-n hamkorlikda ayblanib, ikki marta qatagʻon etilgan (193743, 194954). Hamid Olimjon, Fotih Niyoziy, Muzayyana Alaviya, Razzoq Hamroyev, Tolibjon Sodiqov, Voxid Abdullayev singari fan va madaniyat arboblari Rahmatullayev rahbarlik qilgan bilim yurtida taʼlim olganlar.

Ensiklopediya.uz
RAHMATULLAYEV