RAHMATOV Abduraxmon Chorshanbiyevich
RAHMATOV Abduraxmon Chorshanbiyevich (1932.7.11, Termiz tumani — 1999.8.10, Termiz) — Oʻzbekiston xalq artisti (1985). 1960-y. dan Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrining aktyori. Murodxonov, Sunnat, Parvoz (H. Gʻulom, «Fargʻona hikoyasi», «Toshbolta oshiq», «Ajab savdolar»), Hoji (K. Yashin, «Nurxon»), Devona (S. Jamol, «Guli siyoh»), Rustam (U. Umarbekov, «Uliklar kechirmaydi»), Dargʻa (Hamza, «Maysaraning ishi»), Ashuraliyev (A. Qaxdor, «Ayajonlarim»), Mirza (Shuhrat, «Besh kunlik kuyov»), Utkuriy (Uygʻun, «Parvona»), Samandarov (J. Jabborov, «Oʻjarlar»), Vurm (F. Shiller, «Makr va muhabbat»), Borisov (A. Ibrohimov, «Zoʻldir»), Qahxrr (M. Hazratqulov, «Qaytar dunyo»), Yalla bobo (M. Boboyev, «Soʻnmasin chiroq») kabi obrazlarni shu teatrda yaratgan.
Ensiklopediya.uz
RAHMATOV Abduraxmon Chorshanbiyevich