RAHIMOVA

RAHIMOVA

RAHIMOVA Bekajon (1923.3.1.10 Xiva — 1997.2.4, Urganch) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1991). 1936—38 y. lar «Bolalar teatri»da, 1938—55 y. lar Xiva xalq teatrida, 1955—90 y. lar Ogahiy nomidagi teatrda faoliyat koʻrsatgan. Oʻz ijodi davomida bir qancha spektakllarda turli rollar ijro etgan: Maysara («Maysaraning ishi»), Durjon kampir («Paranji sirlari»), YosumanFarhod va Shirin»), Feokla Ivanovna («Uylanish»), Hoji ona («Boy ila xizmatchi»), Zebo («Arshin mol olon»), Jannat xoda («Qaynona»), Margo («Koʻngli yosh qariyalar»), Xodima («Olma pishganda keling») va b. «Xiva vaqti bilan soat 700 da» filmidagi kampir roli bilan keng ommaga tanildi («Boboyjonim» dueti). Shuningdek, hazil qoʻshiklar, xalq laparlarini qiyomiga yetkazib kuylab, raqsga tushgan.

Ensiklopediya.uz
RAHIMOVA