RAHIMOV

RAHIMOV

RAHIMOV Sobir Umar oʻgʻli [1902.25.1, Toshkent — 1945.26.3, Dansig (hoz. Gdansk, Polsha)] — harbiy arbob, generalmayor (1943). 1925-y. da Bokuda Birlashgan harbiy maktabni va 1930-y. da komandirlar sostavi malakasini oshirish kursini tugatgan. 1932 — 38 y. larda va 1940-y. dan armiyada. 1941-y. dan frontda. Bosh shtab xarbiy akademiyasining jadallashtirilgan kursini tugatgan (1943). 2-jahon urushida Jan. frontdagi motorlashtirilgan polk komandiri, Zakavkazye frontida oʻqchi diviziya komandiri. 1Belorussiya fronti qoʻshinlari tarkibida Baranovichi, Slonim, Belostok, Graudens va b. shaharlarni, Belorussiya va Polshani ozod qilishda qatnashgan. Rahimov komandirligidagi 37gvardiyachi oʻqchi diviziya (2Belorussiya frontining 65armiyasi) 1945-y. Sharkni Pomeraniya operatsiyasida oʻrnak koʻrsatgan: diviziya oʻsha yilning mart oyi oxirida Gdinya va Dansig sh. larida dushmanning yirik guruhlarini tormor etishda qatnashgan. Diviziya 1eshelonda hujum qilib, armiyada 1boʻlib Boltiq dengizi sohiliga chiqqan va Dansig koʻchalarida jangni boshlab yuborgan. Rahimov ogʻir yarador boʻlib halok boʻlgan. 1965-y. 6-martda K,ahramon unvoni berilgan. Urushdan keyin Rahimov xoki Toshkentdagi qabristonga qoʻyilgan. Toshkentda tuman, metro st-yasi, bir necha maktabga Rahimov nomi berilgan. Rahimov xaqida «General Rahimov» badiiy filmi yaratilgan (1967). Toshkent sh. ning Sobir Rahimov tumanida haykal oʻrnatilgan (1981).

Ensiklopediya.uz
RAHIMOV