RAHIMIY

RAHIMIY

RAHIMIY Shokirjon (1898, Toshkent — 1938.4.10) — maʼrifatparvar. Otasi qoʻlida xatsavodini chikargach, madrasada, usuli jadid maktabi va kechki rustuzem maktabida oʻqigan (1903 — 09). «Rahimiya» maktabida oʻqituvchilik qilgan (1909—19). Rahimiy «Turon» teatr toʻdasi faoliyatida qatnashish bilan birga Xalq un-ti (1918), «Ishtirokiyun» gaz. (1919) va «Nashri maorif» jamiyatining tashkil etilishi (1923)da tashabbuskor boʻlgan. 1912-y. dan boshlab usuli jadid maktablari va turli oʻquv yurtlari uchun oʻquv qoʻllanmalarini nashr etgan. Oʻzbek tilidagi birinchi alifbe darsligi — «Sovgʻa» (1919), shuningdek, «Ona tili» (1918, Fitrat va Q. Ramazon b-n hamkorlikda), «Kattalarga oʻqish», «Alifbe darsligi» (1922), «Kattalar yoʻldoshi» (1924), «Kattalar alifbesi» (1927), «Savod» (1930), «Oʻzbek tili. Ish kitobi» (1932) singari darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. «Sadoi Turkiston» gaz. da adabiy xodim (1914—15), Eski shahar (1918—23) va Toshkent viloyat xalq maorif boʻlimlarida mudir (1924), ayni paytda lbosqich maktablari, taʼlim va tarbiya bilim yurtlarida oʻqituvchi va mudir (191822). Rahimiy 1924-y. da Moskvada oʻzbek yoshlari uchun tashkil etilgar Buxoro Maorif uyi va ishchilar f-tiga mudir etib yuborilgan. 1930—31 y. larda «milliy ittihodchilar» ustidan boʻlib oʻtgan suddan keyin Toshkentga qaytib, maorif tizimidagi muassasalarda ishlagan. 1937-y. 5 avg. da «xalqdushmani» sifatida qamoqka olinib, koʻp oʻtmay, otib tashlangan.

Ensiklopediya.uz
RAHIMIY