RAHIM MAMED

RAHIM MAMED

RAHIM MAMED (taxallusi; asl ism-sharifi Mamed Rahim Abbos oʻgʻli Xuseynov) [1907.7(20).4, Boku — 1977] — Ozarbayjon xalq yozuvchisi (1964). Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1940). Ilk sheʼrlar toʻplami — «Orzular» (1930). Dostonlari ozarbayjon metallurglari («Apsheron tuprogʻida», 1950), neftchilari («Xazar suvlarida», 1958) hamda arman shoiri («Sayat Nova», 1956) haqida hikoya qiladi. P. M. 12a. ozarbayjon shoiri haqida pyesa («Hoqoniy», 1955)yaratgan. Navoiy, Sh. Rustaveli, A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, V. Gyote, P. J. Beranje va b. ning asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Ayrim asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan.

Ensiklopediya.uz
RAHIM MAMED