RAFIQOV Muhammad Muhiddinovich
RAFIQOV Muhammad Muhiddinovich (1940.26.10, Buxoro) — aktyor, rej. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1966). 1966— 67 y. lar Hamza teatrida, 1967—83 y. lar Buxoro teatrida aktyor (1981—83 y. lar direktor), 1983-y. dan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining bosh rej. i. Hamlet (U. Shekspir, «Xamlet»), Temirxon («Nerkes»), Xlestakov («Revizor»), Yoʻldosh («Qopqon»), Ibn Sino («Ibn Sino»), Shoh Bahrom («Dilorom»), Nodir («Oltin devor»), Karimov («Komissiya») kabi rollari bilan tanilgan. U bir qancha filmlar (Hojir, «Rustam va Suqrob»; Vali, «Siyovush haqida qissa»; Akrom, «Laylak keldi, yoz boʻldi»; Usmonbek qoʻrboshi, «Afsonaga aylangan qiz» va b.) va telefilmlar Shayboniyxon, «Bobur»; Akbarali mingboshi, «Kecha va kunduz»; Imom Buxoriy, «Imom alBuxoriy»; Amir Temur, «Sohibqiron»; Abdurahmon tabib, «Shaytanat»; Ibn Sino, «Hakim va ajal»)da ham esda qolarli obrazlar yaratgan. Rafiqov inson ichki dunyosini, kechinmalarini hayotiy talqin etishi bilan ajralib turadi.
Ensiklopediya.uz
RAFIQOV Muhammad Muhiddinovich