RADIOOʻLCHASHLAR
RADIOOʻLCHASHLAR — radiotexnik qurilmalarning infratovush va oʻta yuqori chastotalar diapazonidagi ishini ifodalovchi elektr, magnit va elektromagnit kattaliklarni hamda ularning nisbatlarini oʻlchash. Radiooʻlchashlar radiotexnika va elektronika bilan bir davrda paydoboʻlgan. Radiooʻlchashlar elektr kattaliklarni oʻlchash usuliga asoslanadi. Radiooʻlchashlar elektr oʻlchanadigan kattaliklarning koʻpligi va chegarasining kengligidir (Mas, kuchlanish boʻyicha 10 s — 103 V, quvvat boʻyicha 10~16 — 108 Vt, chastota boʻyicha 10~4 — 1012gs). Radiooʻlchash usullarining qoʻllanish sohalari: elektr va radioelementlar parametrlarini oʻlchash; yarimoʻtkazgichli va elektrvakuum elementlar, asboblar va qurilmalarning ish rejimini aniqlash; elektron va radiotexnik qurilmalarning tafeilotlarini oʻrganish; radiooʻlchash asboblarini, radiotexnik bloklar, qurilmalar va tizimlarni darajalash hamda kalibrlash (vattmetrlar, radiopriyomniklar va b.).
Ensiklopediya.uz
RADIOOʻLCHASHLAR