RADIOLOKATSIYA
RADIOLOKATSIYA (radio va lot. locatio — joylashish) — fan va texnikaning kuruklik, suv yoki fazodagi obyektlarni radiotexnika usuli bilan topish va turgan joyini (vaziyatini) va b. parametrlarini aniqlash bilan shugʻullanadigan sohasi. Ishi radiotoʻlqinlar, akssado, signallar va b. ning toʻsiq (obyektlar) dan qaytishiga asoslangan Radiolokatsiyada oʻta yuksak chastotali radiosignallardan foydalaniladi (q. Ulʼtraqisqa toʻlqinlar).
Ensiklopediya.uz
RADIOLOKATSIYA