RADIOESHITTIRISH

RADIOESHITTIRISH

RADIOESHITTIRISH, radioeshittiruv — ommaviy axborot vositalarining oʻziga xos elektron texnikaga asoslangan turi. Ovozni maxsus apparatlar yordamida koʻpaytiradi va keng hududlarga, uzoq masofalarga yetkazib beradi. Radioeshittirish matbuotning oʻziga xos, ogʻzaki, eshituvchiga yoʻnaltirilgan bir koʻrinishi sifatida matbuot qonuniyatlari asosida faoliyat kursatadi, uning funksiyalarini uziga xos ravishda ado etadi. Radioeshittirishning informatsion (xabar, suhbat, reportaj), tahliliy (radio chiqish, sharh, kuzatuv), badiiypublitsistik (lavha, ocherk, felyeton, esse) singari asosiy janrlari mavjud. Shuningdek, unda adabiy ijodga (radiohikoya, radiopyesa, radiospektakl), musiqa sanʼatiga (radiokonsert, radiokompozitsiya) oid eshittirishlar ham beriladi. Radioeshittirish ommaviy axborot vositasi sifatida ommaga informatsiya, turli maʼlumotlar yetkazib berish bilan birgalikda musiqa sanʼatini ommalashtirishda ham muhim rol oʻynaydi.

Ensiklopediya.uz
RADIOESHITTIRISH