RADIOELEKTRONIKA

RADIOELEKTRONIKA

RADIOELEKTRONIKAfan va texnikaning radiochastotali elektromagnit tebranishlar va toʻlqinlardan foydalangan holda axborotlarni uzatish va oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan sohalari umumiy nomi. Ulardan asosiylari — radiotexnika va elektronika. R. telegraf, telefon, fototelegraf aloka, radioeshittirish, televideniye, radiolokatsiya, radioastronomiya, elektron avtomatika, hisoblash va boshqarish mashinalari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari, tibbiyotda fizioterapiya va tashxis usullarni keng miqyosda qoʻllash, kosmik qurilmalar va b. ni oʻz ichiga oladi.

Ensiklopediya.uz
RADIOELEKTRONIKA