Quyuq ovqatlar tayyorlash retsepti

Quyuq ovqatlar tayyorlash retsepti

Quyuq ovqatlar tayyorlash retsepti

Mundarija скрыть
Quyuq ovqatlar tayyorlash retsepti
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Chuchvara

Qattiqqina xamir qorasiz, zuvala qiilib, o’rab, 10 — 12 minut tiniqtirasiz. Shundan so’ng yana bir bor mushtlab, yana zuvala qilib qol bilan patirga o’xshatib yoyasiz. Urvoq sepib o’qlovga o’rab, yupqa (2 mm) qilib yoying. Yoymadan 5×5 sm xajmli kvadrat jildlar kesib, har birining o’rtasiga 1 choy qoshig’ida qiyma solib chuchvaralar t ugasiz. Qiymasini tayyorlash uchun qo’y go’shtining son qismidan yoki yog’liroq mol go’shtidan, yoinki har ikkala go’shtdan tengma — teng olib qiymalagichdan o’tkazasiz. Qiymaga juda nafis xalqa qilib to’g’ralgan piyoz va murch, tuz qo’shib yaxshilab mijiysiz, Chuchvaralarni tugib bo’lgach qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz. Chuchvaralar qozon yuziga qalqib chiqqanidan so’ng yana 1 — 2 minut qaynatasiz, so’ngra chovlida suzib laganga solasiz yo har bir xo’randaga alohida likopchalarda dasturxonga tortasiz. Chuchvaraga qo’shib iste`mol etish uchun ta`bga ko’ra xoh sariyog, xoh qaymok,, xoh qatiq alohida idishda beriladi. Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshig’ida tuz olinadi; qiymasi uchun 500 gr lahim go’sht, 4 — 5 bosh piyoz, 1 choy qoshig’ida tuz, 0,5 choy qoshig’ida murch kerak bo’ladi.

Ko`k chuchvara

Odatdagi chuchvaraga tayyorlangandek qilib xamir qorasiz, tindirasiz, yoyasiz va jildlar kesasiz. Qiymasi bunday tayyorlanadi: terib kelingan yalpiz, otquloq, jag’ — jag’, ismaloq, yo’ng’ichqa va boshqa ko’klarni yaxshilab saralab, xas — cho’pdan tozalab, bir necha bor yuvasiz va suvini sirqitib, chopasiz. Bunga bosh piyoz, ko’k piyoz, sarimsoq ko’ki va jizza ham qo’shiladi. Ana shu qiymani qo’y yog’ida jazlaysiz, jazlayotganda xom tuxum chaqib aralashtirasiz yoki pishgan tuxumni mayda tug’rab qo’shib yuborasiz, ta`bga ko’ra tuz va murch sepib, vaqti — vaqti bilan kavlab turasiz va ko’kning seli chiqqanda olovini o’chirib 10 — 15 minutga dimlab qo’yasiz. Odatdagidek jildlarga tugasiz va pishirasiz. Dasturxonga tortishda likopchalarga yoki laganchaga bir qavat qilib suzasiz (ko’k chuchvara ustmaust qilib suzilsa sovishi qiyin bo’ladi va yeyish jarayonida xamiri yirtilib, shakli buziladi). Idishga suzilgan chuchvaralarning yuziga sariyog’ yoki qaymok, surtib dasturxonga keltirasiz. Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshig’ida tuz; qiymasi uchun 1 kg har xil bahoriy giyohlar, 3 — 4 bogi piyoz, bir bog’ ko’k piyoz, 1 bog sarimsoq, 150 gr qo’y yog’i (jazlash uchun), 1 stakan jizza, 2 — 3 dona tuxum, tuz va murch ta`bga ko’ra olinadi.

Tuxumli chuchvara

Yuqorida boshqa chuchvaralarni tayyorlashda aytib o’tilgandek qilib xamir qorasiz, tindirasiz, yoyasiz va jildlar kesasiz, faqat qiymasi tuxumdan tayyorlanadi. Buning uchun tuxumni qattiqqina qilib pishirib, archib mayda tug’raysiz? Piyozni sariyog’da uncha qizartirib yubormay jazlab olasiz va bunga maydalangan tuxumni qo’shib, tuz va murch sepib yaxshilab aralashtirasiz. Tugilgan chuchvaralarni qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz. Chovli bilan laganga yoki likopchalarga suzib, yuziga qaymok, yoki sariyog’ surtib dasturxonga keltirasiz. Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshig’ida tuz olinadi; qiymasi uchun 15 — 16 dona tuxum, 5 — 6 bosh. piyoz, 100 gr sariyog’, 1 choy qoshig’ida tuz, shuncha murch. Yuziga surtish uchun 50 gr sariyog’ yoki 100 gr qaymoq kerak bo’ladi.

Tuxum barak

Xamiri sutda yoki tuxumda qoriladi, tindirib, yoyilgandan so’ng silliq stakan yordamida to’garak jildlar kesib olasiz. Har bir jildni ikki buklab yopishtirsangiz yarim oy shaklidagi chuchvaralar hosil bo’lib, bir chekkasini yopishtirmay og’iz qoldirasiz. Ichiga solinadigani tuxumdan tayyorlanadi, biroq qiyma emas, quyma tarzda bajariladi. Buning uchun sariyog’ eritiladi (asli qadimiy variantida kunjut yog’ini dog’lab bir oz sovutilgan), bunga mayin to’g’ralgan piyozni solib, shig’il bo’lib qovurilib ketmasdan olovdan olib xavoda sovutiladi, tuz, murch sepib, xom tuxum chaqib, obdan aralashtirasiz. Ana shu quymadan bir qoshiqdan haligi yarim oy shaklida buklangan xamir jildlar ichiga qo’yib, qaynab turgan tuzli suvga tashlay berasiz. Tuxum baraklar qozon yuzasiga qalqib chiqandan so’ng yana ikki — uch minut qaynagach, chovlida suzib yassi laganga yoki xorazmcha badiya deb ataluvchi o’rtasi chuqurchali la`li idishga suzib, yuziga qaymok, surtib dasturxonga tortasiz. Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 2 dona tuxum (yoki bir stakan iliq sut), 0,5 choy qoshig’ida tuz olinadi; quymasi uchun 15 — 16 dona xom tuxum, 4 — 5 bosh piyoz, 150 gr sariyog’, 2 choy qoshig’ida tuz, 1 choy qoshig’ida murch kerak bo’ladi.

Quyuq ovqatlar tayyorlash retsepti