Quyosh tutilishi

Quyosh tutilishi

Quyosh tutilishi

quyosh tutilishi 660efbc2c1d87

2015-yil 20-mart kuni sayyoramizda navbatdagi Quyosh tutilishi hodisasi kutilmoqda. Bu tutilish to‘liq tutilish bo‘lib, asrimiz boshidan hisoblaganda to‘qqizinchi to‘liq tutilish hisoblanadi. 20.03.2015 Quyosh tutilishi asosan shimoliy Atlantika va Shimoliy Muz Okeani ustida sodir bo‘ladi. Uning qisman tutilish fazasini Afrikaning shimoliy hududlari, Yevropa va Yevroosiyoning shimoliy-g‘arbiy qismlarida kuzatish mumkin bo‘ladi. Ushbu to‘liq fazadagi Quyosh tutilishini quruqlikning juda oz qismida kuzatiladi. Xususan, to‘liq tutilish yo‘lagiga to‘g‘ri keladigan quruqlik qismlari sifatida Farer orollari ham Spitsbergen arxipelagini keltirish mumkin xolos. 20-martdagi Quyosh tutilishining maksimal fazasida, Quyoshni to‘sib qo‘yuvchi Oy diskining Quyosh gardishidan kattaligi 1.0445 gacha yetadi. To‘liq tutilish davomiyligi 1337 soniya (2 daqiqa va 47 soniya) ni tashkil qiladi. Soya uzunligi esa, 462.6 km dan iborat bo‘ladi. Tutilish Toshkent vaqti bo‘yicha soat kunduz 12:40 da boshlanadi. To‘liq faza (ya’ni, Quyosh gardishining to‘liq tutilishi) Toshkent vaqti bilan 14:09 da Islandiya yaqinidagi Shimoliy dengiz akvatoriyasida yuz beradi. Oy soyasining Yer sirti bo‘ylab sayohati, jami bo‘lib 4 soat, 9 daqiqa va 21 soniya davom etadi.

Taasufki, bu safargi Quyosh tutilishi vatanimiz hududidan faqat qisman ko‘rinadi.

Fiziklar va astronom olimlarni doim ilhomlantiradigan Quyosh tutilishi hodisasi, o‘ziga xos, kamyob va ajoyib tabiat hodisasi bo‘lib, ilm-fandan yiroq bo‘lgan odamlar uchun ham vahimaga soladigan va zavqlantiradigan muhim voqea hisoblanadi. Ilgari zamonlarda Quyosh tutilishidan kishilar qo‘rqib, sarosimaga tushishgan bo‘lsa, hozirda ilm-fanda andak bo‘lsa-da xabardor bo‘lgan har qanday shahs, avvalo bunday noyob tabiat hodisasini o‘tkazib yubormasdan, uning jozibasidan bahra olisha intiladi.

 

Quyosh tutilishi haqidagi ilk qaydlar, eng qadimgi tarixiy manbalarda ham ko‘plab topiladi. Xitoy, Musulmon sharqi va g‘arbiy Yevropa manbalarida hatto aniq sanalar bilan qayd etilgan qadimgi bitiklar mavjud. Qadimgi dunyo manbalarida Quyosh tutilishi asosan, mifologik va teologik nuqtai nazardan tahlil qilingan bo‘lsa,ilk o‘rta asrlarga oid manbalardan boshlab, Quyosh tutilishiga nisbatan, ilk ilmiy baho berish vatushuntirishlar uchraydi. Xususan, Quyosh tutilishi hodisasining hech qanday g‘ayritabiiy hol bo‘lmay, balki, aynan mutlaqo tabiiy jarayon ekanligini ilk bora, buyuk vatandosh bobokalonimiz Ahmad al-Farg‘oniy isbotlab bergan edi.

Quyosh tutilishi, Oyning Yer atrofidagi orbitasi bo‘ylab harakati jarayonida, Yer va Quyosh orasidagi fazoda bo‘lgan vaqtida, Yer yuzasining ma’lum qismlariga to‘liq yoki qisman Oyning soyasi tushishi tufayli sodir bo‘ladi. Ya’ni Oy, o‘z jismi bilan Quyoshni Yerdan to‘sib qo‘yadi. Oyning Yerga tashlaydigan ko‘lankasi diametri, 270 km dan oshmaydi, shu sababli ham, Quyosh tutilishi, Yer yuzasi bo‘ylab tor markaziy yo‘lak bo‘yicha kuzatiladi xolos. Shuning uchun ham, Quyosh tutilishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati mavjud bo‘lgan shaharlar miqdori cheklangandir. Ba’zan to‘liq Quyosh tutilishi markaziy yo‘lagi, faqat okean yuzasidan o‘tib, uni quruqlikdan kuzatish umuman imkonsiz bo‘lishi ham mumkin. Lekin, to‘liq tutilish vaqtida, Oyning yarimsoyasi, markaziy yo‘lakning har ikki tarafida, 3240 km gacha masofada tarqaladi. Ya’ni, shuncha masofada Quyosh tutilishini qisman kuzatish mumkin bo‘ladi. Quyosh tutilishi vaqtida,Oy soyasi Yer yuzasi bo‘ylab, kamida 1 km/soniya tezlik bilan o‘tib boradi. Shu tufayli, Quyosh tutilishi, uzog‘i bilan, 7.5 daqiqa davom etadi xolos.

quyosh tutilishi 660efbc35833c

Quyosh tutilishi, faqat, yangi oy boshida, Oyning o‘zi hali ko‘rinmagan vaqtda, uning Yerga yuzlangan tarafini Quyosh yoritmagan holatidagina sodir bo‘ladi. Quyosh tutilishlari ikki xil — to‘liq va qisman bo‘lishi mumkin. Agar Yerdagi kuzatuvchi, Quyoshning yuzasini Oy gardishi to‘liq to‘sib, natijada, Yerning kuzatuvchi turgan qismini qorong‘ulik qoplagan holatini kuzatsa, bunday Quyosh tutilishi, to‘liq tutilish hisoblanadi. Agar Oy gardishi, Quyoshning chetidan qisman qoplab, biroq uning yorug‘ligini butunlay to‘sib qo‘ya olmasa, bunday tutilish qisman tutilish bo‘ladi. Bulardan tashqari, Quyosh tutilishining halqasimon tutilish nomli turi ham kuzatiladi. Bunday tutilishda, Oy gardishi, Quyosh yuzasini to‘liq to‘sib qo‘ya olmaydi, balki, uning ichida, kichikroq diametrli qoramtir doira shaklida namoyon bo‘ladi. Bunda, Oy gardishi atrofida, halqa ko‘rinishidagi Quyosh nurlarining yorqin shu’lalari taralib turadi. Bunday Quyosh tutilishi, Oy orbitasining elliptikligi tufayli Oyning yerdagi kuzatuvchiga nisbatan ko‘rinish burchagining, o‘zgarishlari natijasida, Ya’ni. Oyning Yerga nisbatan joylashuv masofasi uzoqligidan, kuzatuvchiga nisbatan, Oy gardishi, Quyosh gardishidan kichik diametrga ega bo‘lishi tufayli sodir bo‘ladi. Halqasimon tutilish, Oyning Yerga nisbatan joylashgan masofasi va Yerning Quyoshga nisbatan joylashgan masofasi, o‘rta masofalarda (ya’ni, apogey va perigey, aposeleniy va pereseleniy nuqtalaridan o‘rtacha masofalarda harakatlanganida) bo‘lgan vaqtlarda kuzatiladi.

quyosh tutilishi 660efbc40ddf8

quyosh tutilishi 660efbc4d44deSayyoramizning aynan bir hududida Quyosh tutilishining qayta takrorlanishi ancha noyob hodisa. Aynan bir hududda to‘liq tutilish esa, juda uzoq davriylikda takrorlanadi. Masalan, bizning vatanimiz o‘zbekiston Respublikasi joylashgan geografik hududda, oxirgi marta to‘liq Quyosh tutilishi, bundan 5 asrdan ham ortiqroq vaqt muqaddam, Temuriylar hukmronligi[1] zamonida, aniqrog‘i, 1487-yilning 20-iyulida sodir bo‘lgan. o‘sha tutilish vaqtida, Quyosh tutilishi, Shimoliy Muz Okeanining Shimoliy Amerika sohillaridan boshlanib, Islandiya oroli, Oq dengiz, Ural orqali, hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoli, Orol dengizi, markaziy Qizilqum, Samarqand, Buxoro shaharlaridan o‘tgan. Tutilish Farg‘ona vodiysi orqali, hozirgi sharqiy Turkiston o‘lkasiga borganida nihoyasiga yetgan. To‘liq tutilish hodisasini, Movarounnahr munajjimlari va aholisi, 2 daqiqa va 55 soniya mobaynida kuzatishga muvaffaq bo‘lishgan. Taassufki, ushbu tutilish haqida, tarixiy manbalarda hozircha birorta ilmiy, yoki, oddiy qayd topilganicha yo‘q (tutilish Ulug‘bek zamonida bo‘lganida bormi…). o‘shandan buyon, o‘zbekiston hududida birorta to‘liq Quyosh tutilishi hodisasi kuzatilmagan. Yurtimiz hududidagi navbatdagi Quyosh tutilishi esa, 2060 yilning 30-aprelida kutilmoqda. Nasib etsa, o‘sha to‘liq tutilish hodisasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy tumanlari, Xorazm viloyati, Navoiy viloyati, Buxoro viloyatining shimolidan so‘ng, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Janubiy Qozog‘iston viloyati, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida hamda, Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida kuzatish imkoni bo‘ladi.

 

quyosh tutilishi 660efbc588a7f

2060-yildagi to‘liq Quyosh tutilishi, Toshkent vaqti bilan, 30 aprel, soat 15:25 da, qisman tutilish orqali boshlanadi. Ya’ni aynan shu vaqtda, Oy Quyosh diskini o‘ng tomondan o‘roq shaklida, asta sekin to‘sib qo‘ya boshlaydi.

To‘liq tutilish esa, Toshkent vaqti bilan soat 16:33 da boshlanib, u 1 daqiqa va 38 soniya davom etadi. Soat 16:35:26 da to‘liq tutilish yakunlanib, Quyoshquyosh tutilishi 660efbc67acad diskining o‘ng tarafi asta-sekinlik bilan yorisha boshlaydi va soat 17:37 ga kelib, Quyosh tutilishi yakunlanadi. Tutilish vaqtida, Oyning Yerga tashlagan ko‘lankasi kengligi 222 km ni tashkil qiladi, bu vaqtda Oy, Yerdan 350206 km masofada bo‘lib, uningYerdagi kuzatuvchiga nisbatan ko‘rinadigan diametri, Quyoshning ko‘rinadigan diametridan 1.066 marta kattaroq ko‘rinadi. Shuning uchun, Oy diski, Quyoshni to‘liq to‘sib qo‘yadi va qorong‘ulik tushadi. Oy soyasi tushgan hududlardan qaralganda, osmonda yulduzlar, sayyoralarni ko‘rish va Quyosh tojini kuzatish mumkin bo‘ladi.

Umuman olganda esa, 2060-yil 30-apreldagi to‘liq Quyosh tutilishi hodisasi, bizning hududlarimizgacha avval Braziliyaning shimoliy-sharqiy sohillaridan boshlanadi va markaziy Atlantika orqali, g‘arbiy va shimoliy Afrika davlatlari — Kot d’Ivuar, Gana, Nigeriya, Niger, Chad, Liviya, Misrning shimoliy-g‘arbiy chekkasidan, Orta Yer dengizining sharqiy qismi, Kipr oroli, Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon va Kaspiy dengizining markaziy qismi orqali o‘tib keladi. o‘zbekiston hududidan keyin, Qirg‘izistonning shimoliy viloyatlari hamda, sharqiy Turkiston (Shinjon-Uyg‘ur muxtor o‘lkasi) orqali, Xitoyning markaziga borganda, to‘liq tutilish yakunlanadi (xaritaga qarang). Quyosh tutilishining maksimal fazasi, 28° shimoliy kenglik va 20,9°sharqiy uzunlikda, Ya’ni, Liviya davlati hududida sodir bo‘ladi (xarita markazidagi yashil yulduzcha). Bu vaqtda Quyosh gorizontdan 76° yuqorida joylashib, azimut 154° ni tashkil qiladi.

…Agarda siz Quyoshning to‘liq tutilishi hodisasini kuzatmoqchi bo‘lsangiz va buning uchun 2060 yilni kutishni istamasangiz, quyidagi jadval asosida mos vaqt va joy tanlashingiz mumkin:

 

Sana

Kattaligi[1]

Muddati

Kengligi[2]

Ko‘rish mumkin bo‘lgan hududlar.

21.06.2001

1.050

4 daqiqa

57 soniya

200 km

T: Angola,Zambiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar;

Q: Janubiy Amerika, Afrika

04.12.2002

1.024

2 daqiqa

4 soniya

87 km

T: Angola, Botsvana, Zimbabve, Mozambik, Avstraliya;

Q: Afrika, Antarktida, Avstraliya, Indoneziya,

23.11.2003

1.038

1 daqiqa 57 soniya

495 km

T: Antarktida;

Q: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Chili, Argentinaning janubi

29.03.2006

1.052

4 daqiqa 7 soniya

104 km

T: Braziliya, Gana, Togo, Benin, Nigeriya, Niger, Liviya, Turkiya, Gruziya, shimoliy Kavkaz, Qozog‘iston;

Q: Shimoliy va markaziy Afrika, Markaziy Osiyo, Yevropa.

01.08.2008

1.039

2 daqiqa 27 soniya

237 km

T: Grenlandiyaning shimoli, Rossiya markazi, Mongoliya;

Q: Shimoliy Yevropa, Osiyo, Shimoliy Muz Okeani orollari.

22.07.2009

1.080

6 daqiqa 39 soniya

258 km

T: Hindiston, Butan, Myanma, Bangladesh, janubiy Xitoy;

Q: janubiy-sharqiy Osiyo, Koreya, Yaponiya, Filippin.

11.07.2010

1.058

5 daqiqa 20 soniya

259 km

T: Chili va Argentina janubiy hududlari, Polineziya;

Q: Janubiy Amerikaning g‘arbi, Fransuz Polineziyasi.

13.11.2012

1.05

4 daqiqa

2 soniya

179 km

T: Avstraliya, Yangi Zelandiya;

Q: Janubiy Amerikaning janubiy-sharqi, Tinch okeani janubi, Antarktida yarim oroli.

20.03.2015

1.045

2 daqiqa

47 soniya

463 km

T: Farer orollari, Shpitsbergen, Shimoliy qutb;

Q: Yevropa, Markaziy Osiyo, Grenlandiya, g‘arbiy Rossiya.

09.03.2016

1.045

4 daqiqa

9 soniya

155 km

T: Indoneziya, Mikroneziya, Marshall orollari;

Q: Janubiy-sharqiy Osiyo, Koreya, Yaponiya, Kuril orollari, Kamchatka, Gavayi, Alyaska, Tinch okeani.

21.08.2017

1.031

2 daqiqa

40 soniya

115 km

T: AQSH markaziy shtatlari;

Q: Shimoliy va markaziy Amerika, Karib havzasi, Chukotka, Islandiya, Grenlandiya, Britaniya orollari, Portugaliya.

02.07.2019

1.046

4 daqiqa

33 soniya

201 km

T: Argentina, Chili;

Q: Janubiy Amerika, Galapagos, Pasxa oroli, Polineziya.

14.12.2020

1.025

2 daqiqa

10 soniya

90 km

T: Argentina, Chili, Kiribati, Polineziya;

Q: Janubiy Amerika, Afrikaning janubiy-g‘arbi, Antarktida.

04.12.2021

1.037

1 daqiqa

54 soniya

419 km

T: Antarktida;

Q: Afrikaning janubi, Atlantikaning janubiy hududlari.

08.04.2024

1.057

4 daqiqa

28 soniya

198 km

T: Meksika, AQSHning markaziy shtatlari, Kanada sharqi;

Q: Shimoliy va markaziy Amerika.

12.08.2026

1.039

2 daqiqa

18 soniya

294 km

T: Arktika, Grenlandiya, Islandiya, Ispaniya;

Q: Shimoliy Amerika. Afrikaning g‘arbi, Yevropa.

02.08.2027

1.079

6 daqiqa

23 soniya

258 km

T: Marokash, Ispaniya, Jazoir, Liviya, Misr, Saudiya Arabistoni, Yaman, Somali;

Q: Sahroi Kabir, yaqin sharq, janubiy-g‘arbiy Osiyo.

22.06.2028

1.056

5 daqiqa

10 soniya

230 km

T: Avstraliya, Yangi Zelandiya;

Q: Janubiy-sharqiy Osiyo, Hind okeani janubi.

25.11.2030

1.047

3 daqiqa

44 soniya

169 km

T: Botsvana, JAR, Avstraliya;

Q: Afrikaning janubi, Hind okeani janubi, Antarktida.

30.03.2033

1.046

2 daqiqa

37 soniya

781 km

T: Rossiya sharqi (Chukotka, Kamchatka) Alyaska;

Q: Shimoliy Amerika.

20.03.2034

1.046

4 daqiqa

9 soniya

159 km

T: Nigeriya, Kamerun, Chad, Sudan, Misr, Saudiya Arabistoni, Eron, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Xitoy;

Q: Afrika shimoli, Yevropa, yaqin sharq.

02.09.2035

1.032

2 daqiqa

54 soniya

116 km

T: Xitoy, Koreya yarimoroli, Yaponiya;

Q: Uzoq sharq, Tinch okeani shimoli.

13.07.2037

1.041

3 daqiqa

58 soniya

201 km

T: Avstraliya, Yangi Zelandiya;

Q: Tinch okeani janubi.

26.12.2038

1.027

2 daqiqa

18 soniya

95 km

T: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Tinch okeani janubi;

Q: Janubiy-sharqiy Osiyo, Antarktida.

15.12.2039

1.036

1 daqiqa

51 soniya

380 km

T: Antarktida;

Q: Janubiy Amerika.

30.04.2041

1.019

1 daqiqa

51 soniya

72 km

T: Angola, Kongo, Uganda, Somali, Keniya;

Q: Braziliya, Ekvatorial Afrika, yaqin sharq.

20.04.2042

1.061

4 daqiqa

51 soniya

210 km

T: Malayziya, Indoneziya, Filippin;

Q: Janubiy-sharqiy Osiyo, Avstraliya.

09.04.2013

1.01

T: Chukotka;

Q: Shimoliy qutb, Rossiya va Kanada Tundrasi.

23.08.2044

1.036

2 daqiqa

4 soniya

453 km

T: Grenlandiya, Kanada, AQSH shimoliy-g‘arbi;

Q: Osiyo shimoli, Shimoliy Amerika g‘arbi.

12.08.2045

1.077

6 daqiqa

6 soniya

256 km

T: AQSH janubi, Dominikana, Gaiti, Venesuela, Fransuz Gvianasi, Surinam, Braziliya shimoli;

Q: Shimoliy, markaziy va Janubiy Amerika, Afrikag‘arbi.

02.08.2046

1.053

4 daqiqa

51 soniya

206 km

T: Braziliya, Angola, Namibiya sharqi, Botsvana, JAR, Svaizelend, Mozambik;

Q: Afrika janubi.

05.12.2048

1.044

3 daqiqa

28 soniya

160 km

T: Chili, Argentina, Namibiya, Botsvana;

Q: Janubiy Amerika, Afrika janubiy-g‘arbi.

30.03.2052

1.047

4 daqiqa

8 soniya

164 km

T: Meksika, AQSH, Tinch va Atlantika okeanlari markazi;

Q: Janubiy Amerika, Karib havzasi, Shimoliy Amerika.

12.09.2053

1.033

3 daqiqa

4 soniya

116 km

T: Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Saudiya Arabistoni, Indoneziya;

Q: Afrika, Yevropa, Osiyo qit’alari bo‘ylab.

24.07.2055

1.036

3 daqiqa

17 soniya

202 km

T: Afrikaning janubidagi barcha davlatlar;

Q: Afrika, Antarktida.

05.01.2057

1.029

2 daqiqa

29 soniya

102 km

T: Atlantika va Hind okeanlari janubi;

Q: Afrika janubi, Antarktida.

26.12.2057

1.035

1 daqiqa

50 soniya

355 km

T: Antarktida;

Q: Avstraliya.

11.05.2059

1.024

2 daqiqa

23 soniya

95 km

T: Ekvador, Peru, Braziliya, Tinch okeani markaziy qismi;

Q: Amerika materigi.

30.04.206

1.066

5 daqiqa

15 soniya

222 km

T: Kot d’Ivuar, Gana, Togo, Benin, Nigeriya, Niger, Chad, Liviya, Misr, Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, Kaspiy dengizi, o‘zbekiston, Qozog‘iston janubi, Qirg‘iziston, Sharqiy Turkiston;

Q: butun, Afrika, sharqiy Yevropa, g‘arbiy Osiyo.

20.04.2061

1.048

2 daqiqa

37 soniya

539 km

T: Qozog‘iston, Rossiya;

Q: Kavkaz, o‘rta Osiyo, Sibir,

24.08.2063

1.075

5 daqiqa

49 soniya

252 km

T: Xitoy, Mongoliya, Yaponiya;

Q: Uzoq sharq, Sibir, Tinch okeani shimoliy-sharqi.

12.08.2064

1.049

4 daqiqa

28 soniya

184 km

T: Chili, Argentina;

Q: Janubiy Amerika, Meksika, Karib havzasi, Antarktida.

17.12.2066

1.042

3 daqiqa

14 soniya

152 km

T: Avstraliya, Yangi Zelandiya;

Q: Tinch okeani janubi, Antarktidaning Tinch okeani sohili.

31.05.2068

1.011

1 daqiqa

6 soniya

152 km

T: Avstraliya, Yangi Zelandiya;

Q: Hindiston, Hindixitoy, Malay arxipelagi, Antarktida.

11.04.2070

1.047

4 daqiqa

4 soniya

168 km

T: Shri-Lanka, Myanma, Tailand, Laos, Vetnam, Filippin;

Q: Janubiy-sharqiy Osiyo, Alyaska, Kanada.

23.09.2071

1.033

3 daqiqa

11 soniya

116 km

T: Meksika, Kolumbiya, Venesuela, Gayana, Surinam, Braziliya, Fransuz Gvianasi;

Q: Janubiy va Shimoliy Amerika, g‘arbiy Afrika.

12.09.2072

1.056

3 daqiqa

13 soniya

732 km

T: Sibir;

Q: butun Osiyo, sharqiy Yevropa, Grenlandiya.

16.01.2075

1.031

2 daqiqa

42 soniya

110 km

T: Chili, Argentina, Paragvay, Braziliya.

Q: Yangi Zelandiya, Antarktida.

06.01.2076

1.034

1 daqiqa

49 soniya

340 km

T: Antarktida;

Q: Avstraliya, Janubiy Amerika.

22.05.2077

1.029

2 daqiqa

54 soniya

119 km

T: Avstraliya;

Q: Hindiston, Hindixitoy, Malay arxipelagi, Antarktida.

11.05.2078

1.07

5 daqiqa

40 soniya

232 km

T: Meksika, AQSH;

Q: Amerika materigi.

01.05.2079

1.051

2 daqiqa

55 soniya

406 km

T: AQSH, Kanada, Grenlandiya;

Q: Amerika materigi.

03.09.2081

1.072

5 daqiqa

33 soniya

247 km

T: Markaziy Yevropa, Turkiya, Suriya, Iroq, Quvayt, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Ummon;

Q: Shimoliy Afrika, Yevropa, Osiyo.

24.08.2082

1.045

4 daqiqa

01 soniya

163 km

T: Indoneziya, Papua-Yangi Gvineya, ;

Q: Hindiston, Hindixitoy, Malay arxipelagi, Avstraliya, Antarktida.

27.12.2084

1.04

3 daqiqa

04 soniya

146 km

T: Hind va Atlantika okeanlarining janubiy qismlari, ;

Q: Afrika janubi, Avstraliya, Antarktida.

11.06.2086

1.017

1 daqiqa

48 soniya

86 km

T: Namibiya, Botsvana;

Q: Afrika janubi, Janubiy Amerika.

21.04.2088

1.047

3 daqiqa

58 soniya

173 km

T: Mavritaniya, g‘arbiy Sahroi Kabir, Mali, Jazoir, Tunis, Gretsiya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy;

Q: Shimoliy Amerika, Yevropa, Afrikaning shimoli, Osiyo.

04.10.2089

1.033

3 daqiqa

14 soniya

115 km

T: Xitoy, Tinch okeani markaziy qismi;

Q: Osiyo, Avstraliya.

23.09.2090

1.056

3 daqiqa

36 soniya

463 km

T: Kanada, Grenlandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya;

Q: Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrika shimoli.

15.08.2091

1.022

1 daqiqa

38 soniya

236 km

T: Antarktidaning Tinch okeani sohillari;

Q: Avstraliya, Yangi Zelandiya.

27.01.2093

1.034

2 daqiqa

58 soniya

119 km

T: Avstraliya;

Q: Janubiy-sharqiy Osiyo, Yangi Zelandiya, Antarktida.

16.01.2094

1.034

1 daqiqa

51 soniya

329 km

T: Antarktida;

Q: Janubiy Amerika, Yangi Zelandiya.

02.06.2095

1.033

3 daqiqa

18 soniya

145 km

T: Namibiya, Botsvana, Mozambik, Zambiya, Madagaskar;

Q: Afrika janubi.

11.05.2097

1.054

3 daqiqa

10 soniya

339 km

T: Alyaska, Chukotka;

Q: Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikaning shimoli.

14.09.2099

1.068

5 daqiqa

18 soniya

241 km

T: Kanada, AQSH, markaziy Atlantika;

Q: Janubiy va Shimoliy Amerika, g‘arbiy Afrika.

04.09.2100

1.04

3 daqiqa

32 soniya

142 km

T: Ekvatorial Afrika, Madagaskar;

Q: Afrika, Antarktida.

Jadvalga izoh: 6-ustundagi «T» belgisi, Quyoshning to‘liq tutilishini kuzatish mumkin bo‘lgan hududlarni, «Q« belgisi esa, tutilishni qisman kuzatish mumkin bo‘lgan hududlarni ifodalaydi.

quyosh tutilishi 660efbc72ffddJadvalda XXI asr uchun faqat to‘liq tutilishlar sanalari va joylari keltirildi. Bulardan tashqari, XXI asr davomida, 72 marta halqasimon tutilish, hamda, 77 marta qisman, shuningdek 7 marta gibrid Quyosh tutilishlari sodir bo‘ladi. Quyosh tutilishlarining umumiy soni esa, asr davomida, 224 tani tashkil qiladi. Eng ko‘p Quyosh tutilishlari, 2011, 2029, 2047, 2065, 2076 va 2094 yillarda sodir bo‘ladi. Bu yillarning har birida, 4 martadan Quyosh tutiladi. XXI-asrdagi, davomiyligi eng uzoq to‘liq Quyosh tutilishi esa, 2009-yilning 22-iyulida, Yaponiyaning Kagosima prefekturasi hududida kuzatilgan — to‘liq tutilish davomiyligi o‘shanda, 6 daqiqa va 39 soniyani tashkil etgan edi.

quyosh tutilishi 660efbc7b977b

quyosh tutilishi 660efbc895a1f

quyosh tutilishi 660efbc98b75e

 


[1] Ya’ni, Yerdagi kuzatuvchiga nisbatan, Oyning ko‘rinadigan diametrining, Quyosh gardishiga nisbatan ko‘rinish kattaligi.

[2] Yerga tushadigan Oy soyasining kengligi.


[1] Bu davrda Movorounnaxrda Sulton Ahmad Mirzo (1451-1494), Fargona va Toshkentda esa, Mirzo Boburning otasi Umarshayx Mirzo davlat boshqaruvida bo‘lishgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Qiziqarli fizika
Quyosh tutilishi

Manba:orbita.uz