Quyonning labi nega tirtiq? to’liq malumot oling
Bir kun quyonlar baland bir qarag’ay tagiga to’planib o’zlaricha masla- hat qilishibdi. Ular kuyib-pishib, har qaysisi o’z taqdiridan nolibdi.
Eng keksa quyon esa shunday debdi:
— Qadrli og’aynilarim! Quyonlarning ko’rgan kuni qursin. Buta shitirlab qolsa ham, quyonni vahima bosadi, daraxtning bargi uzilib tushsa ham, quyonning yuragi shig’illaydi. Bizni kim ko’rsa: «Ana quyon! Ushla uni!» — deb qichqiradi. Biz hammadan qo’rqamiz, bizdan esa chivin ham qo’rqmaydi. Yuringlar, yaxshisi, bu alamni tortavergandan ko’ra, borib o’zimizni dengizga tashlaymiz. Baribir, axir, bir kun o’lamiz.
Keksa quyonning gapi hammaga ma’qul tushibdi. Ular o’zimizni g’arq qilamiz, deb dengizga tomon yugurishibdi.
Dengiz yoqasidagi yaylovda katta qo’y podasi o’tlab yurgan ekan. Podadagi bir qo’y, chopib kelayotgan quyonlar galasini ko’rib, hurkib ketibdi va ma’raganicha qochib qolibdi. Uning ketidan esa butun poda ura qochibdi. Qo’ylar qayoqqa qochayotganini o’zlari ham anglashmabdilar. Quyruqlari qaltirab, tuyoqlari taqirlarmish.
Qo’ylar ketidan hurganicha itlar ham yugurib ketishibdi. Cho’ponlar baqi- rib-chaqirib tayoqlarini siltabdilar. Qiy-chuv, to’polon boshlanibdi.
Bu hol quyonlarga juda qiziq ko’rinibdi. Ular o’tirib olib, rosa xoholab kulishibdi. Kulaverishganidan ularning lablari yirtilib ketibdi.
— Yo’q, bizning ham ishimiz yomon emas ekan! Birlashsak, biz ham kuchli bo’lar ekanmiz! — deyishibdi.
Shundan so’ng quyonlar o’zlarini dengizga tashlash fikridan voz kechishib- di, ammo lablari tirtiqligicha qolibdi.
Ertaklar
Quyonning labi nega tirtiq?