QUYI TUNGUSKA

QUYI TUNGUSKA

QUYI TUNGUSKA — RF Irkutsk – viloyati va Krasnoyarsk oʻlkasidagi daryo. Yeniseyning oʻng irmogʻi. Uz. 2989 km, havzasining mayd. 473 ming km2. LenaAngara suvayirgʻichidan boshlanib, Oʻrta Sibir yassitogʻligi boʻy-lab oqadi. Ostonalari bor. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 3680 m3/sek. Okt. da muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. asosiy irmoqlari: oʻngda — Kochechum, Vivi, Tutonchana, Severnaya; chapda — Nepa, Katta Yeryoma, Ilimpeya, Tay-mura, Uchami. Suvi koʻpayganda Tura shaharchasidan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Quyilish joyida Turuxansk pristani joylashgan. Quyi tunguska havzasida Tunguska koʻmir havzasi bor.

Ensiklopediya.uz
QUYI TUNGUSKA