QUVVAT haqida
QUVVAT
QUVVAT — ishning shu ish bajarilgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik. Agar ish bir tekis bajarilsa, I=A/g formula bilan aniqlanadi; bu yerda A—/ vaqtda bajarilgan ish. Umumiy holda I=yA/(I; bunda a»A — juda kichik Sh vaqt ichida baja-rilgan ish. Quvvat vatt (Vt) larda ifodalanadi. Quvvatning tizimdan tashqari ot kuchi (o. k.) deb ataladigan birligi ham mavjud (1 o. k. =735,499 Vt).
Elektr toki muayyan vaqt orali-gʻida bajargan ish elektr toki Quvvati deb ataladi. Oʻzgarmas tok zanjirida Quvvat kuchlanish bilan tok kuchi koʻpaytmasiga teng. Oʻzgaruvchan tok kuchlanishi va tok kuchi oniy qiymatlari koʻpaytmasi oniy Q, shu oʻtgan vaqtdagi oʻrtacha Quvvat faol Quvvat, tok va kuchlanishning amaldagi qiymatlari koʻpaytmasi toʻliq Q, sinusoidal tok uchun toʻliq Quvvatning tok kuchi va kuchlanish orasidagi fazalar siljishi burchagi sinusiga koʻpaytmasi reak-tiv q. deb ataladi.
Muayyan yuza orqali vaqt birligida tovush toʻlqinlari olib oʻtadigan energiya tovush Quvvat bu Quvvatning yuza birligiga keltirilgan oʻrtacha qiymati tovush intensivligi deyiladi(q. Tovush).
Ensiklopediya.uz
quvvat