Quvonch, g‘am va qayg‘u haqida
Quvonch, g‘am va qayg‘u haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Oldinda quvonadigan narsasi bo‘lmasa, kishi dunyoda yashay olmaydi.
A. S. MAKARENKOHayot uzluksiz quvonchga aylanishi kerak va shunday bo‘lishi mumkin.
L. N. TOLSTOYInson doim quvnoq yashashi kerak. Agar quvonching tugasa,nimada yanglishganingni axtar.
L. N. TOLSTOYAgar hayot senga beqiyos baxtiyorlik bo‘lib tuyulmasa, bu faqat aqlning adashganidan dalolat.
L. N. TOLSTOYAtrofimizdagilar emas, balki bizning ularga bo‘lgan munosabatimiz bizga shodlik keltiradi.
F. LAROShFUKOZo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin.
I. GYoTEKo‘ngil quvonchi uning kuchliligidan dalolat beradi.
R. EMERSONHayotning eng zo‘r huzur-halovati, eng yuksak quvonchi o‘zingni odamlarga kerakli va yaqin deb his qilishingdir!
M. GORKIYHayotni quvonchsiz, deyish yolg‘on, unda faqat jarohatu ohu nola, alam va ko‘z yoshidan boshqa narsa yo‘q, deyish ham yolg‘on!.. Hayotda inson istagan hamma narsa bor, insonda esa hayotda yo‘q yaratuvchilik qudrati mavjud.
M. GORKIYQuvonchga peshvoz chiqishning o‘zi quvonch.
G. LESSINGTanho shodlanish ko‘ngilsizdir.
G. LESSINGG‘amga bir kishi chidashi mumkin, lekin quvonchni ikki kishi baham ko‘rishi kerak.
E. XABBARDBaham ko‘rilgan quvonch ko‘pga tatiydi.
J. XOLLENDEsda qolmaydigan quvonchlar haqiqiy quvonch emas.
F. ZANDERSKo‘pincha bizga sevinch qanotida qayg‘u ham uchib keladi.
E. KAPIEV
Sevinch esdan chiqadi-yu, qayg‘u esa hech vaqt unutilmaydi.
M. Yu. LERMONTOVG‘am — qattol hukmdor.
M. Yu. LERMONTOVQattiq alam va behad quvonch kishiga qariyb bir xil ta’sir ko‘rsatadi, ular to‘satdan bizga yopirilganda shunday dovdiratib va hovliqtirib qo‘yishi mumkinki, natijada ko‘pincha o‘zimizning hamma qabiliyatlarimizdan mahrum bo‘lib qolamiz.
G. FILDINGQayg‘u — bu yo‘qotilgan, ammo hali ancha rohatini surish mumkin bo‘lgan baxt haqida o‘ylash oqibatidagi ruhiy bezovtalikdir yoki hozirgi daqiqada cheki-layotgan alamdan iztirobga tushishdir.
G. LEYBNISQiziq, sevinch ba’zan ko‘p jihatdan qayg‘uga o‘xshab ketadi-yu, lekin, afsuski, qayg‘u hech qachon sevinchga o‘xshamaydi.
P. V. VALUEVQayg‘u dardmanning og‘zini bir me’yorda yumishi ham, ochib yuborishi ham mumkin.
M. SERVANTESArzimagan g‘am-g‘ussalar darrov tilga chiqadi, chuqur qayg‘u esa unsizdir.
SENEKASukut — inson qayg‘usining butun zahmatini chekkan oddiy qalbga boshpana misol.
V. GYuGOQuvonch gashtini surish oson, yaxshisi, boshingga tashvish tush-ganda bardam bo‘l!
Sh. RUSTAVELIBarcha tuyg‘ularimiz ichidagi eng esdan chiqmaydigani — qayg‘u.
O.BALZAKMen boshga tashvish tushganda tabassum qiladigan, qayg‘uni yenga turib kuch oladigan va tafakkurni mardlik manbai hisoblaydiganlarni e’zozlayman.
T. PEYNInson uchun g‘amdan yomoni yo‘q.
MENANDRQayg‘u yengilayotgan odamni ko‘rsa, battar kuchga kiradi.
V. ShEKSPIRQayg‘uda ham ulug‘vorlik bo‘ladi. Ko‘z yoshi to‘kishning ham me’yori bor, faqat aqlsiz odamlar sevingan paytlarida ham, kulfatli damlarda ham hovliqib qoladilar.
SENEKAQalb iztiroblari kishini har qanday ishdan ham ko‘iroq charchatadi.
O‘. KAMOLKulfat damlaridagi eng yax-shi malham ruhiy bosiqlikdir.
PLAVTHaqiqiy qayg‘u andishali bo‘ladi.
E. GEBBELHar qanday qayg‘udan ham uning dahshati zo‘rroq.
I. ShOKKEEng bedavo qayg‘u — uni hadeb o‘ylayverishdir.
M. EBNER-EShENBAXKulfatdan xavotirlanish kulfatning o‘zidan ko‘ra doimo dahshatliroq va og‘irroqdir.
D. I. PISAREVTunu kun qo‘rqinchda yashagandan ko‘ra yovuz qismat ham durust.
F. ShILLERBa’zan biz judolikning o‘zidan ham taskin topamiz, ba’zan esa orttirgan narsamizdan achchiq-achchiq yig‘laymiz.
V. ShEKSPIRBaxtsizliklarimizning ko‘pi ular to‘g‘risida do‘stlarimiz beradigan taskindan ko‘ra yengilroqdir.
K. KOLTONO‘zgalarning baxtsizligiga chidash masalasiga kelganda bizlarning har birimiz yetarli kuchga egamiz.
F. LAROShFUKODoimo baxtsizlar aybdor:yashaganlari uchun ham, gapirganlari uchun ham, boshqalarga muhtoj bo‘lganlari va ularga ko‘maklasholmaganlari uchun ham aybdordirlar.
O.MIRABOInson hech qachon o‘ziga tuyulganchalik baxtli yoki baxtsiz bo‘lolmaydi.
F. LAROShFUKOO‘z ahvolingdan qanoatlanishing uchun o‘zingni o‘zgalarning og‘irroq ahvoli bilan solishtirib ko‘r.
B. FRANKLINBoshingga qayg‘u tushganda atrofingga qarab, o‘zingni bos: senga qaraganda qismati og‘irroq kishilar ham bor.
EZOPDilingni yorsang, ko‘pincha darding yoziladi.
P. KORNELOdamlar boshlariga qayg‘u tushganda taqdirdan, xudolardan va boshqa istagan narsalardan zorlanadilaru, ammo o‘zlaridan sira zorlanmaydilar.
AFLOTUNBeparvolik ming turli sitamlarning sababchisidir.
A. JOMIYBaxtsizlik faqat kurash bilan yengiladi.
A. ShENEOlamda yo‘q tuganmas qayg‘u Va yo‘qdir davasiz g‘ussa ham.
A. K. TOLSTOYHamma narsa, hatto g‘am-alam ham eskiradi.
G. FLOBERVaqt hamma jarohatlarni davolaydi.
MENANDRAql tufayli va vaqt o‘tishi bilan yumshamaydigan musibat yo‘q.
F. ROXASQayg‘u vaqt qanotida uchib ketadi.
J. LAFONTENQat’iy e’tiqod va g‘ayrat kerak — muhimi shu, umidsizlik esa faqat faoliyatsizlikka olib boradi.
N. P. OGAREVKo‘ngil iztiroblariga kurashsiz bo‘ysunish — yengilmay turib jang maydonini tashlab ketish bilan barobar.
E. TELMANKo‘ngil jarohatlari vaqt o‘tishi va yana ish bilan tuzaladi. Bilakda kuch bor ekan, ishlash kerak! Yurakka bundan ortiq davo yo‘q.
J. FABRKo‘ngil iztiroblaridan qutulishning birdan bir yo‘li mehnatdir.
P. I. ChAYKOVSKIYKulfatdan hayiqma, uning ustiga to‘g‘ri bostirib bor.
VERGILIYziyouz.uz
g‘am va qayg‘u haqida, Quvonch