QUVASOY
QUVASOY — Fargʻona viloyatidagi shahar. Fargʻona sh. ning jan,-sharqida (22 km). T. y. stansiyasi. Aholisi 71,5 ming kishi (2005). Quvasoyda kichik korxona, mikrofirma va b. turdagi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Quvasoy sement korxonasi, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish k-ti, shisha, idish, gʻisht, chinni, temir-beton, uy-roʻzgʻor kimyosi z-dlari, avtokorxona, qurilish korxonalari ishlab turibdi. 4 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, kutubxonalar, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Markaziy kasalxona, poliklini-ka, dorixona va b. tibbiy muassasalar mavjud. Quvasoydan Fargʻonaga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.
Ensiklopediya.uz
QUVASOY