QUVA TUMANI
QUVA TUMANI — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Jan.-gʻarbdan Fargʻona, shimgʻarb va gʻarbdan Toshloq tumanlari, shim. va sharqdan Andijon viloyatining Boʻz, Shahrixon, Asaka, Marhamat tumanlari, jan-sharq va jan. dan Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 0,44 ming km2. Aholisi 187,5 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Quva), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Akbarobod, Baynalminal, Bahor, Dehqonobod, Ittifoq, Madaniyat, Namuna, Toshlon Muhitdinov, Turkravot, Yangiqishloq, Yangihayot) bor. Markazi — Quva sh.
Ensiklopediya.uz
QUVA TUMANI