QUTTIMURODOV Joʻldosbek Jontoyevich

QUTTIMURODOV Joʻldosbek Jontoyevich

QUTTIMURODOV Joʻldosbek Jontoyevich (1934.29.8, Kegeyli tumani) — haykaltarosh, qoraqalpoq haykaltaroshligi asoschisi. Oʻzbekiston BAakad. (1997), Oʻzbekistonda (1982) va Qoraqalpogʻistonda (1970) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1961). qoraqalpogʻiston davlat nashriyotida bosh rassom (1961 — 64), 1964-y. dan I. Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyida taʼmir-lovchi rassom. Quttimurodov asarlarida goʻzallik tuygʻusi estetik ideal tarzida namoyon boʻladi, zamondoshlari qiyo-fasi, tarixiy mavzularni oʻziga xos tarzda talqin qiladi, qoraqalpoq ayoli goʻzalligini ramziy obrazlarda ifoda etadi, bu obrazlar mahalliy tabiat manzaralari bilan uygʻunlashgan; har bir asari uchun oʻziga xos yangicha usul izlaydi, eng asosiy narsani aniq va ravshan, sodda ifodalashga intiladi. Yogʻoch va marmardan «Orzu» (1967), «Qiz bolaning boshi» (1967), «Amudaryo» (1967), «Shamol» (1967), «Kelin-chak» (1967), «Ikki shoxli Iskandar» (1967), «Arslon» (1968), «Nihol» (1970), «Beruniy» (1975), «Sohibjamol» (1977), «Farhod» (1981), «Layli va Majnun» (1983), «Toʻmaris» (1984), «Guloyim» (1984), «Anaxitasuv va hosildorlik xudosi» (2000) va b. yaratgan asarlarining asosiy qismi Qoraqalpogʻiston muzeyida. «Mening Qoraqalpogʻistonim» turkum asarlari uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1972). Oʻzbekiston BA Oltin medali bilan taqdirlangan (2000).

Ensiklopediya.uz
QUTTIMURODOV Joʻldosbek Jontoyevich