QUTB XORAZMIY

QUTB XORAZMIY

QUTB XORAZMIY (14-a., Xorazm – ?) — shoir, tarjimon. Hayoti va ijodi haqida maʼlumot beruvchi yagona manba uning «Xusrav va Shirin» dos-tonidir. Qutb Xorazmiyning ijodiy kamolot yillari Xorazmning Oltin Oʻrda davlatiga qaram boʻlgan davriga toʻgʻri keladi. Dostonini Sigʻnoq sh. da yozgan (1330—40). Faqirlikda yashagan Qutb Xorazmiy «Xusrav va Shirin» dek koʻp vaqt va mashaqqatni talab qiladigan katta hajmli asarni yozish uchun moddiy yordam soʻrab, Oltin Oʻrda xoni muhammad Oʻzbekxonning (1312— 40) Oq Oʻrdadagi noibi boʻlmish shahzoda tinibek huzuriga borgan. Tinibek va uning davlat ishlarida faol koʻmakchisi boʻlgan xotini Qutb Xorazmiyni iliq kutib olib, uning ijod qilishi uchun barcha shartsharoitlarni yaratib berganlar. Shoir oʻz asarida malikani «har ishni tarozida oʻlchab, zehn bilan fikr yurituvchi oqila, komila» ayol sifatida madh etib, uning davlat ishlaridagi faol ishtirokini koʻrsatgan.

Ensiklopediya.uz
QUTB XORAZMIY